Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 17 noyabr kuni soat 17:39 da Mirzo Ulug‘bek tumani Mirishkor ko‘chasida joylashgan “Oltintepa” qabristoni hududida bo‘sh bino yona boshlagani haqida xabar kelib tushgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari chaqiriq bo‘yicha soat 17:46 da hodisa joyiga yetib kelgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 18:27 da qurshab olingan va soat 18:44 da to‘liq o‘chirilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘in “Oltintepa” qabristoni hududida joylashgan, ish faoliyati amalga oshirilmaydigan bo‘sh binoga zarar yetkazgan.