Qator işlab çiqaruvçilar 2024 yilning xuddi şu davriga nisbatan keskin ösiş sur’atlarini namoyon qilmoqda. Ayniqsa yangi avlodga mansub Xitoy kompaniyalari — masalan, Geely va Chery — jahon bozori kengayişi fonida juda tez ösmoqda.
Uşbu infografika SNE Research ma’lumotlariga köra, 2025 yilda elektromobillar bozoridagi yetakçi kompaniyalarni körsatadi. 2,6 millionta yetkazib berilgan maşina bilan birinçi örinni BYD egallab, jahon bozorining 19,9 foizini nazorat qilmoqda.
Xitoydan taşqari kompaniya uçun eng yirik taşqi bozorlar Yevropa, Braziliya va Meksika hisoblanadi. Buyuk Britaniyada sentabr oyida BYD sotuvlari 11 271 elektromobilga yetib, yillik ifodada 880 foizlik ösiş qayd etildi.

Ikkinçi örinda 1,3 millionta yetkazib berilgan elektromobil bilan Geely joylaşgan. Bundan taşqari, uşbu Xitoy kompaniyasi 2024 yilning xuddi şu davriga nisbatan 68 foizlik ösişga erişdi. Hamyonbop narxdagi elektromobillar işlab çiqaruvçisi deyarli 90 ta jahon bozorida faoliyat yuritadi va joriy yilda Avstraliya, Gretsiya va Vetnam bozorlariga kirdi.
Tesla esa uçinçi öringa tuşib ketdi: uning yetkazib beriş hajmi yillik ifodada 11 foizga qisqarib, 985 000 avtomobilni taşkil etdi. Avgust oyida AQŞ bozorida Tesla uluşi 38 foizgaça tuşib ketdi — bu sönggi sakkiz yildagi eng past daraja, 2020 yilda esa uning uluşi taxminan 80 foiz atrofida edi.
Umuman olganda, eng yirik beşta Xitoy işlab çiqaruvçisi 2025 yilda jahon elektromobillar bozorining 43 foizini egallamoqda — bu esa içki hamda xalqaro talablar miqyosi bilan izohlanadi.

















