Isroil seşanba kuni keçqurun Livan janubidagi falastinlik qoçqinlar lageriga aviazarba uyuştirdi. Sayda şahrida joylaşgan lagerga berilgan aviazarba oqibatida kamida 13 kişi halok bölgan.
Livan Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, zarba lager içidagi bir markazni nişonga olgan va hujumda bir neça odam yaralangan, ammo aniq soni körsatilmagan.
New York Times'ning Livan davlat axborot agentligiga tayanib yozişiça, markazga uçta raketa otilgan. Zarbadan söng Sayda şahridagi şifoxonalarga köplab yaralanganlar olib kelingan, qurbonlar uçun aholiga qon topşiriş böyiça murojaatlar qilinmoqda.
Bu — Hizbulloh bilan uruş tugagaç, sulh kuçga kirganidan beri Isroil amalga oşirgan eng halokatli zarbalardan biri böldi.
Isroil harbiylari öz bayonotida Hamasga tegişli öquv majmuasini nişonga olganini va «Hamasning Livandagi infratuzilmasiga qarşi harakat qilayotganini» bildirdi.
Hamas esa Isroil harbiylarining bayonotini rad etib, uni «mutlaq soxtalik va yolğon» deb atadi. Guruhning aytişiça, «nişonga olingan joy — lagerdagi yoşlar taşrif buyuradigan oçiq sport maydoni bölgan». «Livandagi falastinliklar lagerlarida heç qanday harbiy obektlar yöq», dedi Hamas.

Anadolu'ning yozişiça, Isroil armiyasi 2024 yil oktabr oyida uşbu lagerga şunga öxşaş hujum uyuştirgan edi. Öşanda olti kişi, jumladan uç bola halok bölgan.
Livan falastinlik qoçqinlarning katta qismi yaşaydi, deb yozmoqda NYT. Ularning aksariyati Isroil bosib olgan hududdagi joylaşgan şahar-qişloqlaridan 1948 yilgi uruş çoğida qoçgan yoki quvib çiqarilganlarning avlodlaridir.
Isroil Livandagi sulhni tinimsiz buzib kelmoqda
Janubiy Livanda sönggi haftalarda tanglik kuçayib bormoqda. Isroil armiyasi Livan hududida deyarli har kuni aviazarbalar uyuştiryapti va buni «Hizbulloh a’zolari va infratuzilmasini nişonga oliş» deb atamoqda.

















