Andijon şahrida bir oilaning ikki a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Holatni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Ma’lum qilinişiça, içki işlar xodimi O.Yo. oilada yolğiz öğil bölgan. U 18 noyabr kuni öz xizmat uyida voyaga yetmagan qizi bilan ölik holda topilgan. Dastlabki xulosaga köra, ota va qiz is gazidan vafot etgan.

O.Yo. öşa kuni tongda tunga navbatçilikdan qaytgan hamda öz xizmat uyiga kelib, 7 va 3 yoşli qizlari bilan birga uxlagan. Biroq tabiiy gaz ta’minotidagi uziliş oqibatida xonadonda is gazi tarqab, xodim va uning 7 yoşli qizi vafot etgan. 3 yoşli qizi esa şifoxonaga yotqizilgan. U jonlantiriş bölimida oğir ahvolda qolayotgani aytilmoqda.

Hozirça holat yuzasidan rasmiy axborot berilgani yöq. Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ning bu boradagi sörovini javobsiz qoldirdi.