Toşkent-Samarqand pulli avtomobil yölini quriş böyiça loyiha yakuniy bosqiçda. Bu haqda 19 noyabr kuni davlat-xususiy şeriklik böyiça uçinçi davra suhbati doirasida Transport vaziri örinbosari Jasurbek Çoriyev Spot’ga ma’lum qildi.
Vazir örinbosarining ta’kidlaşiça, DXŞ loyihasi ğolibi «deyarli» aniqlangan, biroq u bilan hali şartnoma imzolanmagan. Öz navbatida Çoriyev tenderda ğolib çiqqan kompaniya nomini oçiqlamagan.
«Loyiha yakuniy bosqiçda. Biz qurilişni 2026 yil boşiga rejalaştirmoqdamiz», — dedi transport vaziri örinbosari.
Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026−2028 yillarga möljallangan fiskal strategiyasida ham 2026 yilda Toşkent-Samarqand va Toşkent-Andijon yönalişlarida pulli avtomobil yöllarini quriş loyihalari amalga oşirilişi közda tutilgandi.
















