Rasmiy ma’lumotga köra, atmosfera havosini muhofaza qiliş çora-tadbirlari 2023 yil 31 mayda qabul qilingan prezident farmoni hamda 2024 yil 25 noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida qat’iylaştirilgan.

Unga muvofiq, atrof-muhitga ta’siri yuqori bölgan sanoat korxonalari quyidagi muddatlarda ekologik talablarni töliq bajarişi şart: I toifaga kiruvçi korxonalar – 2026 yil 1 yanvargaça; II toifa korxonalar – 2026 yil 1 iyulgaça.

Şu muddatlarga qadar korxonalar:

  • avtomatik atmosfera monitoring stansiyalarini örnatib, ularni Ekologiya va iqlim özgarişi organlariga ulaşlari;
  • yuqori samaradorlikka ega çang-gaz hamda suv tozalaş uskunalarini örnatiş yoki mavjudlarini modernizatsiya qilişi;
  • sanitar himoya zonalarini avtomatik kuzatuv postlari bilan jihozlaşi zarur.

Qayd etilişiça, uşbu majburiyatlar bajarilmagan hollarda atrof-muhitni ifloslantiriş uçun kompensatsiya tölovlari 5 baravargaça oşirilgan holda qöllaniladi.

Mutasaddi idoralar mazkur çoralar şahar va sanoat hududlarida havo sifati yaxşilanişi, aholi salomatligiga salbiy ta’sirni kamaytiriş va korxonalarning ekologik javobgarligini oşirişga qaratilganini ta’kidlamoqda.