Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, respublikadagi sanoat korxonalarining eng köp qismi oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş yönalişida töplangan — 11,9 mingta. Ikkinçi örinda esa boşqa nometall mineral mahsulotlar işlab çiqariş sohasi turibdi — 8,3 mingta. Uşbu yönalişlar sanoat korxonalari tuzilmasida yetakçi hisoblanadi.
Şuningdek, sanoat korxonalari soni böyiça keyingi örinlarda:
- kiyim işlab çiqariş — 6 mingta;
- tayyor metall buyumlar işlab çiqariş — 4,8 mingta;
- mebel işlab çiqariş — 4,1 mingta;
- töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş — 3,7 mingta;
- rezina va plastmassa buyumlar işlab çiqariş — 2,8 mingta korxona qayd etilgan.
Mutasaddilarga köra, bunday taqsimot oziq-ovqat sanoatida içki bozor talabi barqarorligi, quriliş va infratuzilma jarayonlarida esa nometall mineral mahsulotlarga ehtiyoj yuqoriligi bilan izohlanadi.
Ma’lumot uçun, keltirilgan körsatkiçlar 2025 yil 1 dekabr holati böyiça qayd etilgan.













