Toşkent şahrining Yangihayot tumanida ikkilamçi rangli metallarni yiğiş, qayta işlaş va işlab çiqarişga ixtisoslaşgan «Özikkilamçiranglimetall» («Özvtorsvetmet») korxonasi atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini oliş maqsadida Jizzax viloyatidagi sanoat zonasiga köçiriladigan böldi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi “Özbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida"gi 16-sonli farmoniga muvofiq, mamlakatda ekologik jihatdan xavfli va energiya sarfi yuqori bölgan işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş hamda ularni bosqiçma-bosqiç şaharlar taşqarisiga köçiriş böyiça tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Bir sanoat korxonasini poytaxt hududidan taşqariga köçiriş yiliga 226 tonnadan ortiq taşlamani qisqartiriş imkonini beradi.

Mazkur hujjatda mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda Toşkent va Nukus şaharlari, şuningdek, viloyat markazlaridan asbest va sement sanoati, çarm-poyabzal hamda parrandaçilik işlab çiqarişlari, qora va rangli metallurgiya, şuningdek, energiya iste’moli yuqori bölgan boşqa tarmoqlarga mansub korxonalarni köçiriş böyiça asoslantirilgan takliflar işlab çiqiş nazarda tutilgan.

Xususan, Toşkent şahrida faoliyati uşbu talablarga mos keladigan 87 ta korxona mavjud bölib, ularni köçiriş mavjud işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş va texnologik jarayonlarni zamonaviy ekologik standartlarga muvofiqlaştiriş şarti bilan bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi rejalaştirilgan», – deyiladi qömita matbuot xizmati xabarida.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida Maxsus komissiya tomonidan sanoat obektlarida doimiy ravişda reyd tekşiruvlari ötkazilmoqda. Jumladan, Toşkent şahrining Yangihayot tumani Janubiy sanoat zonasida ikkilamçi rangli metallarni yiğiş, qayta işlaş va işlab çiqarişga ixtisoslaşgan «Özikkilamçiranglimetall» AJ faoliyati tekşirildi. Mazkur korxona ekologik xavflilikning 1-toifasiga mansub obekt hisoblanadi.

2025 yil oktyabr oyida ötkazilgan tekşiruv natijalariga köra, atrof-muhitni ifloslantiriş holatlari aniqlangan. Korxonaga majburiy körsatma berilib, yetkazilgan ekologik zarar uçun 18 milliard 91 million 717 ming 137 söm miqdorida kompensatsiya hisoblangan.

Maxsus komissiya qarori hamda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi körsatmalariga asosan, atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini oliş maqsadida korxona Jizzax viloyatidagi sanoat zonasiga köçiriladi va Yangihayot tumani hududida işlab çiqariş faoliyatini töxtatadi.