24 noyabr kuni Isroil kuçlari Ğazoda — öz nazorati ostidagi hududlarni belgilab turuvçi çiziq yaqinida uç nafar falastinlikni öldirdi. Bu haqda Falastindagi tibbiyot xodimlariga tayanib, Reuters naşri ma’lum qildi.
Xususan, duşanba kungi hodisada Isroil droni Xon Yunusning şarqida bir guruh odamlarga raketa öq uzib, ikki kişini öldirgan va yana birini yaralagan. Ğazo şahrining şarqiy tomonida esa tank snaryadi bir kişining ölimiga sabab bölgan.
Isroil harbiylari esa «bu şaxslar «sariq çiziq»dagi çegarani kesib ötayotgani, askarlariga yaqinlaşayotgani uçun darhol xavf tuğdiradi deb topilgani hamda öq uzilgani»ni bildirdi.
Duşanba kuni, şuningdek Falastindagi boşqa qurolli guruh Ğazo sektorida Isroil armiyasi nazoratidagi hududda bir garovdagining jasadi topilganini ma’lum qildi. Jasad qaçon topşirilişi hozirça ma’lum emas. Bu — Ğazoda qolayotgan uç jasaddan biridir.
Mört sulhga amal qiliş qiyinlaşmoqda
AQŞ vositaçiligida HAMAS va Isroil 10 oktabr kuni ikki yillik vayronkor uruşni töxtatgan sulh bitimini imzolagan edi. Biroq bu kelişuv eng murakkab masalalarni keyingi muzokaralarga qoldirgan. Hozirda mojaro hal qilinmasdan muzlatib qöyilgan, deyiş mumkin.
Sulhga köra, HAMAS Ğazoda qolgan tirik 20 nafar garovdagining barçasini qaytargan. Isroil esa qamoqxonalari va harbiy hibsxonalarida saqlanayotgan qariyb 2 000 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. Kelişuv, şuningdek, 28 nafar garovdagining jasadini 360 nafar Hamas a’zolari jasadiga almaşişni nazarda tutgandi.

Bitim imzolangandan beri tomonlar bir-birini kelişuvni buzişda va turli hujumlarda ayblab kelmoqda. Ayniqsa, Isroil tomoni bir neça marotaba Ğazoga oçiq-oydin hujumlar uyuştirdi.
Ğazo soğliqni saqlaş vazirligining ma’lum qilişiça, sulh 10 oktyabrda kuçga kirganidan buyon Isroil hujumlari natijasida kamida 342 nafar falastinlik halok bölgan. Isroil esa şu davr içida uç nafar askari halok bölganini aytmoqda.














