«2026 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Qonun loyihasiga köra, konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari 515,3 trln söm, xarajatlari esa 566,9 trln söm miqdorida belgilangan. Taqçillik çegarasi – 51,6 trln söm yoki YaIMga nisbatan 3 foiz.

2026 yilda olinadigan davlat taşqi qarzining çeklangan miqdori – 5 mlrd dollar. Şundan 2,5 milliardi davlat budjetini qöllab-quvvatlaşga, 2,5 milliardi investitsiya loyihalariga yönaltiriladi. Özbekiston Respublikasi nomidan 30 trln sömlik davlat qimmatli qoğozlari çiqarilişi közda tutilmoqda.

2026 yilda yalpi içki mahsulot 1 kvadrillion 976 trillion sömdan oşişi kutilmoqda. YaIM ösişi 2025 yilda 7 foiz, 2026 yilda 6,6 foiz, 2027 yilda 6,8 foiz, 2028 yilda 6,9 foiz bölişi prognoz qilinmoqda.

Hujjatga köra, 2026 yilda inflatsiya darajasi 7 foiz atrofida şakllanişi möljal qilinmoqda.

Davlat taşkilotlariga ajratiladigan mablağning çeklangan miqdorlari quyidagiça böladi:

  • Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi — 63,69 trln söm (2025 yilda - 59,5 trln söm)
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6,36 trln söm (6,6 trln söm)
  • Soğliqni saqlaş vazirligi — 6,80 trln söm (5,1 trln söm);
  • Madaniyat vazirligi — 1,28 trln söm (1,17 trln söm);
  • Sport vazirligi — 1,22 trln söm (1,13 trln söm);
  • Quriliş vazirligi — 2,23 trln söm (1,99 trln söm);
  • Qişloq xöjaligi vazirligi — 2,27 trln söm (1,79 trln söm);
  • Suv xöjaligi vazirligi — 10,36 trln söm (10,4 trln söm);
  • Energetika vazirligi — 110 mlrd söm (123 mlrd söm);
  • Transport vazirligi — 7,3 trln söm (6,7 trln söm);
  • Ekologiya vazirligi — 1,10 trln söm (927 mlrd söm);
  • Geologiya vazirligi — 838 mlrd söm (1 trln söm);
  • Raqobat qömitasi — 13,5 mlrd söm (12,6 mlrd söm);
  • Davlat aktivlarini boşqariş agentligi — 13,1 mlrd söm (12,1 mlrd söm);
  • Bandlik vazirligi — 582,8 mlrd söm (733 mlrd söm);