Stiv Uitkoffning Mayamidagi Shell Bay deb nomlanuvchi shaxsiy golf-klubida Ukraina va AQSh vakillari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Uitkoffning so‘zlariga ko‘ra, u 2 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.
AQShning tinchlik rejasini muhokama qilish bo‘yicha muzokaralarda Uitkoffdan tashqari davlat kotibi Marko Rubio va Trampning kuyovi Jared Kushner ishtirok etmoqda. Ukraina delegatsiyasiga milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rustem Umerov rahbarlik qilmoqda.
20 noyabr kuni AQSh Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha 28 banddan iborat rejasini taqdim qilgandi. Keyinroq Jyenevada Yevropa mamlakatlari va Ukraina vakillari ishtirokida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Yakshanba kuni Umerov va Kiyevning boshqa vakillari AQSh vakillari bilan tinchlik rejasi bo‘yicha mslahatlashish uchun Floridaga bordi.
Umerovning qayd etishicha, tomonlar Ukraina kelajagi, xavfsizlik kafolatlari va nizoning qaytadan avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalarini muhokama qiladi.















