O‘zbekiston | 08:54 / 03.12.2025
1830
2 daqiqa o‘qiladi

2026 yildan qurilish chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha yangi talablar joriy etiladi

2026 yil 1 fevraldan qurilishda xavfli deb topilgan materiallarni qayta ishlash yoki chiqindi poligonlariga topshirish majburiy bo‘ladi. 1 iyundan esa qurilish chiqindilarini takroriy foydalanish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish tartibi kuchaytiriladi.

Illyustrativ foto

"Huquqiy axborot" kanalida qayd etilishicha, 2026 yil 1 fevraldan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

  • buyurtmachilar va ishlab chiqaruvchilar qurilish obekti va ishlab chiqarish korxonalarida xavfliligi aniqlangan, muomaladan chiqarishga majburiy ko‘rsatma berilgan qurilish materiallarini maxsus shartnoma doirasida qurilish chiqindilarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalarga yoki chiqindi poligonlariga yuborishga majbur bo‘ladi;
  • Qurilish nazorati inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan ushbu majburiyatni bajarishni talab qilish yuzasidan beriladigan majburiy ko‘rsatmalar Ekologiya qo‘mitasining Situatsion markaziga integratsiya qilinadi.

2026 yil 1 iyundan esa qurilish chiqindilarini takroriy foydalanish, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilishga yo‘naltirishning quyidagi tartibi amal qiladi:

  • qurilish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilar hajmi va ularni to‘plash joylarini belgilash, shuningdek, ular bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha loyihaviy yechimlarni nazarda tutish majburiy bo‘ladi;
  • qurilish chiqindilarining atmosfera havosiga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida buyurtmachi tomonidan amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq chang va yoqimsiz hidlarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid