“Dunyo” muxbiri xabariga köra, 1995 yilda taşkil etilgan Bronisze bozori Polşadagi eng yirik agrar savdo maydonlaridan biri hisoblanadi. Bozor Markaziy Yevropada meva-sabzavot, gullar va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi böyiça asosiy logistika nuqtasi sanaladi. 62 gektar maydonda joylaşgan uşbu hududda 10 dan ortiq yirik savdo obektlari, zamonaviy logistika infratuzilmasi, saqlaş va taqsimlaş markazlari faoliyat yuritadi.

Elçixona vakillarining bozor direktori Kşiştof Karpa bilan uçraşuvi davomida Özbekiston va Polşa örtasida agrosanoat va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini kengaytiriş imkoniyatlari muhokama etildi. Suhbatda jahon bozorida oziq-ovqat zanjiri, logistika yönalişlari, şu jumladan, Markaziy Yevropaga yetkazib berilayotgan özbek mahsulotlari uluşini oşiriş masalalariga alohida töxtalib ötildi.

Bozor direktori Bronisze maydonida Özbekistondan import qilingan tarvuz, qovun va quruq mevalar muvaffaqiyatli sotilayotganini ta’kidladi.

— Bozorimizda Misr, Marokaş, Italiya va Ispaniyadan keltirilgan tarvuz va qovunlar ham bor, — deydi Kşiştof Karpa. — Biroq Özbekistonda yetiştirilgan poliz va meva-sabzavot mahsulotlarining ta’mi va sifati yuqori bölib, Polşa bozorida öz örniga ega.

Muloqot çoğida tomonlar mahsulotlarni eksport-import qilişda Yevropa Ittifoqi sifat va xavfsizlik standartlariga töliq javob beriş, yetkazib beriş muddatiga rioya etiş, logistika intizomiga amal qiliş, bozor ehtiyojiga mos ravişda kerakli hajmda va belgilangan vaqtda taklif qiliş böyiça fikr almaşdi.

Kşiştof Karpa bozor hududida bio mahsulotlar paviloni qurilişi boşlanganini ma’lum qilib, unda Özbekiston öz mahsulotlari bilan alohida iştirok etişi mumkinligini qayd etdi. Bu esa özbek meva-sabzavotlarini Markaziy Yevropa bio va premium segmentida ham faol tarğib etiş uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi.

Ma’lum qilinganidek, 2026 yilning birinçi yarmida Özbekiston Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori hamda Toşkent viloyati hokimi boşçiligidagi delegatsiyaning Polşaga taşrifi doirasida Bronisze bozori hududida Özbekiston qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari degustatsiyasi, şuningdek, biznes-forum ötkaziş rejalaştirilgan.

Uçraşuv yakunida Toşkent viloyatidagi ulgurji bozor hamda Bronisze örtasida özaro manfaatli hamkorlik örnatiş, 2026 yilda Kşiştof Karpa boşçiligida Polşa biznes-missiyasining Özbekistonga taşrifini taşkil etiş, Bronisze bozori hududida özbek meva-sabzavotlarini saqlaş, saralaş va qadoqlaş imkoniyatlariga ega bölgan maxsus logistika va savdo majmuasini barpo etiş böyiça kelişuvlarga erişildi.