Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 2 dekabr kuni keçqurun Maxsus komissiya yiğilişidan söng mutasaddilar bilan birgalikda ekologiyani zararlayotgan issiqxonalarni tekşiriş böyiça tungi reydlarda qatnaşdi.

«Barçamizni taşvişga solayotgan muammoni çuqurroq örganiş maqsadida bugun men ham ularga hamrohlik qildim. Biz Qibray tumanidagi issiqxonalardan biriga bordik», – deb yozdi u öz telegram-kanalida.

Aytilişiça, bu issiqxonada kuniga 150 kilogrammga yaqin kömir yoqiladi va bu atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazadi.

«Biznesmen doda, endi siz biznes qilasiz, biz bu bilan nafas olamiz. Sizning ham bola-çaqangiz bor-ku? Men siz bilan gaplaşgani keldim, tahlil qilgani keldim – qanaqa qilib men sizga yordam berayki, siz ham baxtli bölasiz, men ham baxtli bölaman?» – deya söradi prezident administratsiyasi rahbari tadbirkordan.

 

Tadbirkor issiqxonaga filtr qöyiş işlarini hosil bir haftada tugaşi, şu sababli işlar çözilayotgani bilan boğladi.

«Bir hafta [muddat] berdik-ku? Qarang, bu yerda yaşab bölmaydi-ku, çidab bölmaydi-ku? Bolalaringiz qayerda yaşaydi? Hal qilinglar bu masalani, Zoyir Toiroviç», – degan Saida Mirziyoyeva Toşkent viloyati hokimiga murojaat qilib.

Bunga javoban Zoyir Mirzayev tadbirkorning oxirgi muddati qolganini aytdi: «Ertaga filtrini olib kelamiz, sotvoladi, örnatadi».

Prezident administratsiyasi rahbari biznes egalariga yordam körsatiş muhimligini ta’kidladi. «Mayli, subsidiyalar beringlar. Nimadir öylaş kerak, bu narsa töxtaşi kerak. Töxtatinglar. Buni qaranglar ahvolini. Bizga odamlarning soğliği juda muhim. Bolalarimizning soğliği muhim», – tuşuntirdi u.

Saida Mirziyoyeva tadbirkorlar özining har bir harakati uçun javobgarlikni böyniga olişi şartligini ta’kidlagan.

«Ekologiyaga yetkazilayotgan zararni moddiy manfaat, mömay daromad bilan oqlab bölmaydi. Bunday işlab çiqarişning iqtisodiy foydasi katta bölişi mumkin, lekin aholi soğliğiga zarari undan-da köproq tegadi», – deydi u.