Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva seşanba kuni keçqurun Toşkentda ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar böyiça maxsus komissiya yiğilişini ötkazdi. Bu haqda komissiya telegram-kanali xabar berdi.
Körilayotgan çora-tadbirlar töğrisida Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov, Toşkent şahri hokimi Şavkat Umurzoqov va Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, şuningdek huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari ma’ruza qilgan.
«Yurtimizdagi havo bilan boğliq holat şaxsan davlatimiz rahbarining doimiy nazorati ostida bölib turibdi. Doimiy kuzatuv va ilmiy tahlillar olib borilmoqda, mahalliy mutaxassislar hamda xorijlik ekspertlar ham jalb qilingan, havo ifloslanişi bilan boğliq muammoni bartaraf etişga barça say-harakatlar safarbar qilingan», – deyiladi xabarda.
Saida Mirziyoyeva Maxsus komissiya a’zolari oldiga aniq vazifalarni qöydi: hozir qabul qilinayotgan çora-tadbirlar aniq muddatlarga ega bölişi va ular tizimli bölişi, kelgusi yilda bunday holat takrorlanmasligi kerakligi ta’kidlangan.
Yiğilipşda yirik yaşil hududlar va boğlar taşkil qiliş, tabiiy suv havzalari atrofini obodonlaştiriş, sun’iy köllar quriş haqida söz borgan.
«Taklif etilayotgan keng kölamli çora-tadbirlar majmuasi körib çiqilgan: yaşil ösimliklarni ekiş turlari va joylari, ariqlar tizimini qayta tiklaş, issiqxonalar va sanoat korxonalari çiqindilarining oldini oliş va havo bilan boğliq vaziyatni yaxşilaş böyiça boşqa keçiktirib bölmaydigan harakatlar», – deya yozadi yiğilişni yoritayotgan bloger Nikita Makarenko.

Prezident administratsiyasi rahbari Toşkent şahri va Toşkent viloyatida yaşil maydonlarni saqlaş va köpaytiriş muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan.
Toşkent şahri va Toşkent viloyati hokimlaridan bu borada amalga oşirilayotgan işlar böyiça muntazam hisobot berib boriş talab qilingan.
«Prezidentimiz mendan har kuni bu masala böyiça hisobot sörayaptilar. Xalqimizning salomatligi bilan boğliq masala bölgan joyda heç birimizning sustkaşlikka yöl qöyişga haqqimiz yöq», – degan Saida Şavkatovna.


















