


2 dekabr kuni G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahrida 54 nafar juftlikning ommaviy to‘yi bo‘lib o‘tdi. O‘sha kuni Hamad turar joy majmuasi vayronalari orasida «Baxt libosi» deb nomlangan sahna tiklangan. Bu — ikki yillik urushga qaramay, matonat va hayot sari intilish timsoli sifatida tanlangan.
Anadolu nashrining tashkilotchilarga tayanib yozishicha, 54 juftlik — butun G‘azo bo‘ylab 2 651 nafar arizachilar orasidan qur’a tashlash orqali tanlab olingan.

Falastin bayroqlari va gullar bilan burkangan, milliy qo‘shiqlar yangragan marosimga – G‘azoda anchadan buyon xursandchilik ko‘rmagan minglab oilalar va bolalar keldi.
Juftliklar an’anaviy Falastincha naqshlar tushirilgan libos va kostyumda G‘azodagi vayron bo‘lgan binolar yonidan o‘tishdi. Bu ommaviy to‘y ikki yillik halokat, o‘lim va mojaroning ortidan paydo bo‘lgan kamyob umid lahzalaridan biri sifatida ko‘rildi.


«Bo‘lib o‘tgan barcha voqealarga qaramay, biz yangi hayotni boshlaymiz. Xudo xohlasa, bu urushning oxiri bo‘ladi», deya juftlardan birining so‘zlarini keltirmoqda























