Janubiy Koreyaning Çangvon şahridagi Masan portida Özbekiston uçun işlab çiqarilgan Hyundai Rotem yuqori tezlikdagi poyezdlari birinçi partiyasini rasmiy jönatiş marosimi bölib ötdi.

Marosimda Özbekiston boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayev boşçiligidagi delegatsiya, Koreya hukumati vakillari va Hyundai Rotem rahbarlari iştirok etdi.

«Jaloliddin Manguberdi» nomi berilgan Özbekistonning yangi yuqori tezlikdagi temir yöl parkining birinçi poyezdi Hyundai Rotem tomonidan Özbekiston temir yöllari bilan 2024 yil iyun oyida imzolangan şartnoma doirasida işlab çiqarildi.

Şu yil may oyida prezident Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga taşrifi davomida Hyundai Rotem kompaniyasidan yuqori tezlikdagi 6 ta elektropoyezd xarid qilinib, kelgusi yildan «Jaloliddin Manguberdi» nomi ostida Toşkent-Xiva yönalişiga qöyilişi haqida xabar berilgan edi.

Ta’kidlanişiça, Toşkentdan Xivaga 14 soat harakatlanadigan oddiy poyezddan farqli ölaroq, yangi tezkor poyezd manzilga 7 soat 40 daqiqada yetib boradi.