Milliy soliq ma’muriyati ma’lumotlariga köra, fuqarolar yillik daromad deklaratsiyasini maxsus elektron platforma orqali taqdim etadi. Platforma eng sodda va tuşunarli interfeysga ega bölib, fuqaro va soliq organlari örtasida özaro hamkorlikni qulay taşkil etişga qaratilgan.

Tizim xarajatlarni Soliq mobil ilovasi orqali avtomatik tarzda hisobga oliş imkonini beradi. Agar ma’lumotlar yetarli bölmasa, fuqarolar jarayon ustidan nazoratni saqlagan holda qöşimça ma’lumotlarni qölda kiritişlari mumkin böladi.

Tajriba-sinov doirasida ilk bor soliq bazasi fuqarolarning daromad va xarajatlari haqidagi raqamli ma’lumotlarga tayangan holda şakllantiriladi. Loyiha faqat mexanizmni sinovdan ötkazişga qaratilgani, bu bosqiçda qöşimça soliqlar hisoblanmasligi va heç qanday jazo çoralari qöllanmasligi qayd etilgan.

Şuningdek, 2026 yil 1 aprelga qadar hududlar va sektorlar kesimida alohida körsatkiçlarni öz içiga olgan yaşirin iqtisodiyotni hisoblaşning yangilangan metodologiyasi joriy etilişi rejalaştirilgan.