Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida respublika böyiça 184 nafar şaxs pora oliş jinoyatini sodir qilgani uçun sudlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.

Unga köra, 2024 yilda pora oliş jinoyati bilan 196 nafar şaxs sudlangan. Ularning 135 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş, 61 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan (jarima, axloq tuzatiş işlari, ozodlikni çeklaş va şartli hukm) jazolar tayinlangan.

Joriy yilning 11 oyi mobaynida esa uşbu turdagi jinoyatni sodir etgan 184 nafar şaxs sudlanib, ularning 114 nafari ozodlikdan mahrum qilingan. 70 nafari esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolarga tortilgan.

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 210-moddasiga köra, pora oliş, ya’ni davlat organi, davlat iştirokidagi taşkilot yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi mansabdor şaxsining öz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etişi lozim yoki mumkin bölgan muayyan harakatni pora berayotgan şaxsning manfaatlarini közlab bajarişi yoki bajarmasligi evaziga şaxsan özi yoki vositaçi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olişi yoxud mulkiy manfaatdor bölişi BHMning 50 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Pora oliş takroran, xavfli retsidivist deb topilgan şaxs tomonidan, köp miqdorda, tamagirlik yöli bilan yoki bir guruh mansabdor şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bölsa 5 yildan 10 yilgaça, juda köp miqdorda, uyuşgan guruh manfaatlarini közlab sodir etilgan bölsa 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanadi.

Avvalroq Farğona va Namanganda yer uçun pora olgan hokim yordamçilari uşlangandi.