“Dunyo” xabariga köra, yangi qurilayotgan qayta tiklanuvçi energiya obektlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlarida joylaşadi. Uşbu loyihalar doirasida yirik hajmda investitsiyalar jalb qilinişi rejalaştirilgan bölib, ularning umumiy qiymati 3,3 milliard AQŞ dollarini taşkil etadi.

Qayd etilişiça, islohotlarning muhim yönalişlaridan biri taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qilişdir. Turkiyaning Aksa Elektrik kompaniyasi bilan Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini xususiy boşqaruvga beriş böyiça kelişuvga erişilgan. Kompaniya tarmoqlarni yangilaş, ularning texnik holatini yaxşilaş, elektr energiyasidagi yöqotişlar darajasini ikki barobar kamaytirişni maqsad qilgan. Bu esa har yili qariyb 20 million dollar mablağni tejaş imkonini beradi.

Maqolada ta’kidlanişiça, hukumat investorlar uçun şeriklik modelini yanada kengaytirişni rejalaştirmoqda. 2025 yilda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari elektr tarmoqlarini boşqariş xususiy investorlar uçun oçiq etilişi közda tutilgan. 2027 yilda esa Namangan va Toşkent viloyatlari tarmoqlari böyiça ham xuddi şunday jarayonni amalga oşiriş rejalaştirilgan.