Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu quduq 90 kun mobaynida mahalliy mutaxassislar tomonidan zamonaviy xorij uskunalarida burg‘ilandi. Quduqning loyihaviy chuqurligi 5 ming metrni tashkil etadi. 

Qayd etilishicha, burg‘ilash ishlari “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MChJ mutaxassislari ishtirokida amalga oshirilgan. 

Shuningdek, hududdagi qolgan istiqbolli chuqur quduqlarda ham tun-u kun burg‘ilash ishlari davom etmoqda. Mutaxassislar yil yakuniga qadar ushbu quduqlardan ham katta bosimda tabiiy gaz oqimi olinishini kutmoqda.