AQŞ prezidenti Donald Tramp Suriyada jangari hujumi natijasida ikki nafar amerikalik harbiy halok bölganiga javoban "juda jiddiy javob çoralari" körilişini aytdi.

Avvalroq Palmira şahri yaqinidagi AQŞ harbiy bazasiga qilingan hujum oqibatida ikki nafar askar va bir tarjimon halok bölgan, yana uç nafar harbiy jarohatlangandi.

"Biz ikki askar va bir tarjimonning ölimidan qayğudamiz. Şuningdek, uç nafar yaralangan askarning soğayişi uçun duo qilamiz", - deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

Trampning sözlariga köra, u Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şar’a bilan muloqotda bölib turibdi.

"Suriya prezidenti Ahmad aş-Şar’a uşbu hujumdan ğazab va xavotirda. Javob çoralari juda jiddiy böladi", - dedi Tramp.

AQŞ markaziy qömondonligining xabariga köra, hujum qilgan jangari voqea joyida otib öldirilgan.