Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda marmar toshlar orasiga yashirilgan 37 kg opiy fosh etildi
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida Samarqand viloyatida DXX, IIB va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijiy fuqaro hamda 3 nafar mahalliy fuqaro qo‘lga olindi. Amaliyot davomida 37 kg 421 g “ekstraksion opiy” ashyoviy dalil sifatida olindi.
Foto: DXX
Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida 1992 yilda tug‘ilgan xorijiy davlat fuqarosi, shuningdek Samarqand viloyatida yashovchi 1981 va 1995 yillarda tug‘ilgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, chet ellik fuqaro qurilishda foydalaniladigan marmar toshlar orasiga giyohvandlik vositalarini yashirgan holda mamlakatimizga olib kelgan. Mahalliy fuqarolar esa ushbu giyohvandlik moddasini sotish bilan shug‘ullangan.
Tezkor tadbir davomida jami 37 kg 421 g “ekstraksion opiy” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
10:11 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
22:00 / 20.04.2026