AQŞning 2026 moliya yili uçun mudofaa budjeti töğrisidagi qonun loyihasi (National Defense Authorization Act, NDAA) Kongress tomonidan qabul qilindi. U rekord miqdorda — 901 mlrd dollar (taxminan 770 mlrd yevro) — harbiy xarajatlarni nazarda tutadi. Senatdagi ovoz berişda, çorşanba kuni, 17 dekabrda, yuqori palata qonun çiqaruvçilarining 77 nafari NDAA'ni qöllab-quvvatladi, 20 nafari qarşi ovoz berdi.

Vakillar palatasi bu hujjatni ötgan hafta ma’qullagan edi. Qonun kuçga kirişi uçun endilikda uni AQŞ prezidenti imzolaşi kerak. Oq uy ma’lum qilişiça, Donald Tramp buni amalga oşiriş niyatida. 2025 moliya yilida — 30 sentabrda yakunlangan — AQŞ harbiy budjeti 884 mlrd dollar bölgan.

Hujjat, jumladan, harbiy xizmatçilar maoşini 3,8 foizga oşirişni, harbiy texnika xaridlarini va AQŞning asosiy raqiblari — Xitoy va Rossiyaga nisbatan raqobatbardoşligini kuçaytirişga qaratilgan çoralarni közda tutadi.

Boşqa jihatlar qatorida, NDAA Yevropa xavfsizligini mustahkamlaşga qaratilgan bir neçta normalarni öz içiga oladi, bu esa Tramp oy boşida taqdim etgan AQŞ milliy xavfsizlik strategiyasiga zid keladi. Umuman olganda, mudofaa budjeti uçun 901 mlrd dollarlik summa prezident söragan miqdordan yuqori.

Oq uy rahbari 2026 yil uçun harbiy xarajatlarga 892,6 mlrd dollar ajratişni söragan edi. Senat avvalroq bu miqdorni 925 mlrd dollargaça oşirişni taklif qilgan, Vakillar palatasi esa Tramp taklif etgan summaga teng miqdorni ilgari surgan.

Hujjatda Ukraina qöllab-quvvatlanişiga alohida urğu berilgan. Qonun Ukraina xavfsizligiga kömaklaşiş taşabbusi (Ukraine Security Assistance Initiative, USAI) doirasida 800 mln dollar ajratişni nazarda tutadi — keyingi ikki yil davomida har yili 400 mln dollardan. Bu mablağlar Amerika kompaniyalari orqali Ukraina Qurolli kuçlari uçun qurol xarid qilişga yönaltiriladi.

Yana 175 mln dollar Boltiq davlatlari — Estoniya, Latviya va Litvaning mudofaasiga ajratiladi. Bundan taşqari, qonun AQŞ Mudofaa vazirligining Yevropadagi amerikalik qöşinlar sonini 76 000 nafardan pastga tuşiriş imkoniyatlarini çeklaydi. Yevropadagi amerikalik qömondonga NATOning Oliy boş qömondoni lavozimidan voz keçiş taqiqlanadi.

Qonun loyihasida Tramp taklif qilgan AQŞ Mudofaa vazirligini “Uruş vazirligi” deb qayta nomlaş masalasi tilga olinmagan. Garçi AQŞ ma’muriyati bu atamani allaqaçon işlatayotgan, mudofaa vaziri Pit Hegset esa özini “uruş masalalari böyiça davlat kotibi” deb atayotgan bölsa-da, rasmiy özgariş Kongress tomonidan tasdiqlanişi kerak.