Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Şerzod Hidoyatov Qonunçilik palatasining 10 dekabr kungi yiğilişida sözga çiqib, yangi binolarning seysmik çidamliligi va qurilişdagi nazorat yuzasidan berilgan deputatlar savollariga javob berdi.

Vazirning aytişiça, barça quriliş loyihalari Qurilişda nazorat inspeksiyasidan röyxatdan ötkazilişi va “Şaffof quriliş” tizimiga kiritilişi şart. Tizimga vazirlik sayti orqali kirib (open-data.mc.uz), quriliş loyihasining hujjatlari haqida ma’lumot oliş mumkin.

“Obektning inspeksiyadan röyxatdan ötkazilgani uning işonçliligini anglatadi. Bu uning davlat baholaşidan ötganini bildiradi. Ekspertiza seysmik xavfsizlikni nazorat qiladi. Söng inspektorlar loyiha doirasidagi quriliş işlarining töğri bajarilişini kuzatadi. Şuning uçun jamoatçilik obekt Quriliş nazorati inspeksiyasidan röyxatdan ötganini tekşirişi yetarli, bu holatda xavfsizlik bilan boğliq muammolar bölmaydi”, – dedi Hidoyatov.

Vazirlikning loyiha faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği örinbosari Rustam Qöçqorovning qöşimça qilişiça, Özbekistondagi 112 mingdan ortiq köp qavatli uylarning seysmik çidamliligi örganilgan, şuning 88 foizi seysmik jihatdan barqaror deb topilgan. Qolganida instrumental va texnik örganişlar ötkaziş belgilangan, ularning natijalariga köra qöşimça çoralar köriladi.

Şuningdek, seysmik çidamlilikni oşiriş uçun me’yoriy hujjatlar takomillaştirilişi kutilmoqda. Bu böyiça yangi şaharsozlik standarti – ŞNQ 2.01.06−25 “Seysmik hududlarda köp qavatli binolarni loyihalaş” işlab çiqilgan.

“Oddiy fuqaro buni qanday tuşunsin?”

Jamoatçilik faoli Şuhrat Qurbonovning yozişiça, “Şaffof quriliş” elektron tizimi odamlarning foydalanişi va tuşunişi uçun murakkab. U özi portalga kirib körgani, lekin heç narsani tuşunmaganini aytdi.

“Taklif yaxşi. Men şu saytga kirdim va eng yaqin obektni tanlab, quriliş qonuniymi yoki yöq – tuşunişga urindim, va… heç narsani tuşunmadim.

Saytni özingiz va mutaxassislar uçun yaratiş juda yaxşi, albatta. Lekin oddiy odam qurilayotgan uyning (undagi kvartiralar allaqaçon sotilmoqda) röyxatdan ötgani yoki yöqligi, hammasi qonununiy yoki unday emasligini qanday qilib tuşunadi? U yerda nega “ötmagan” deb yozilgan; 3 ta hujjatdan 1 tasi bor bölsa, bu yaxşi deganimi; yoki 2 tasi bölsa ham yomonmi?”