16 dekabr kuni Moskva oblasti Odinsovo rayoni Gorki-2 posyolkasidagi maktabda dahşatli qotillik sodir etildi. Töqqizinçi sinf öquvçisi bölgan 15 yoşli Timofey maktabga piçoq bilan kelib, qöriqçi va öquvçilarga hujum qildi. Natijada törtinçi sinf öquvçisi, tojikistonlik Qobiljon Aliyev halok böldi.

Rossiyaning Tojikistondagi elçisi Semyon Grigorevga «Rossiya tomonidan uşbu fojiali hodisani zudlik bilan, xolis va beğaraz tergov qiliş hamda barça aloqador şaxslarni qonunan qat’iylik böyiça javobgarlikka tortiş talabi bilan» nota topşirildi.

Tojikiston TIV Qobiljonning öldirilişini millatga nafrat asosidagi qotillik deb hisoblaşini ma’lum qildi, zero bunga asoslar yetarli.

Hujumdan oldin Timofey maktabdagi bolalardan qaysi millatdan ekanini söragan. Bundan taşqari, Timofey No Lives Matter (“Heç kimning hayoti ahamiyatga ega emas”) yozuvi tuşirilgan futbolkada bölgan – irqçilar bu şiorni Black Lives Matter şioriga javoban öylab topişgan. Boşqa yozuvlar esa Anders Breyvik tomonidan sodir etilgan terakt, şuningdek AQŞ va Yangi Zelandiyadagi maktablar va ibodatxonalarga qilingan hujumlarga işora qilardi. Bundan taşqari, hujumdan oldin Timofey sinfdoşlariga özining «Mening ğazabim» deb nomlangan manifestini yuborgan, unda musulmonlar, yahudiylar, liberallar va söllarga qarşi fikr bildirib, barça muammolarda ularni ayblagan.

Uşbu fojia köpçilikni larzaga soldi. Rossiyadagi qator siyosatçilar, davlat va jamoat arboblari qotillik millatçilik fonida sodir etilgani, bunday holatlarning oldini oliş şartligini ta’kidlaşdi.

Jumladan, Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobyov bu hujumni «dahşatli, haddan taşqari şafqatsizlik» deb atadi.

«Butun Moskva oblasti uçun bu haqiqiy fojia. Bunga olib kelgan barça omillarni tahlil qiliş va bunday holat boşqa takrorlanmasligi uçun barça çoralarni köriş kerak», – deb yozdi u.  

Jurnalist Kseniya Sobçak bunday fojialarning ildizi internet yoki öyinlarga emas, balki farzandlarga tarbiya beriş va nazorat yetişmasligida ekanini ta’kidladi.