Nizomda belgilanişiça, talabgor örmon xöjaligi taşkiloti tomonidan tayinlangan mas’ul xodim — murabbiyning tavsiya va körsatmalari asosida tanlangan maydonda yerni tayyorlaydi, daraxt köçatlarini bir mavsum davomida ekadi hamda parvarişlaydi.

Ekilgan köçatlar murabbiy va tuman (şahar) ekologiya bölimi bilan birgalikda joyiga çiqqan holda dalolatnoma va fotohisobot asosida qabul qilib olinadi.

Şundan söng tuman (şahar) ekologiya bölimi tomonidan “Ekofaol fuqaro” platformasida har bir talabgor uçun şaxsiy kabinet oçilib, unga ekilgan daraxt köçatlari haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi. Kiritilgan ma’lumotlar 5 iş kuni içida tasdiqlanadi yoki tasdiqlaş rad etiladi.

Tartibga köra, tuman (şahar) ekologiya bölimi ekilgan köçatlar soniga mutanosib ravişda subsidiyaning 50 foizini talabgorga tölab beriş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi qömitasi, viloyatlar va Toşkent şahar Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmalariga talabnoma yuboradi. Ekologiya boşqarmalari esa subsidiya mablağlarini 5 iş kuni mobaynida talabgorning bank kartasiga ötkazib beradi.