Farmonda belgilanişiça, mazkur mexanizm yöl qurilişidagi jarayonlarning şaffofligi va hisobdorligini oşiriş, amalga oşirilayotgan işlar hajmini real vaqt rejimiga yaqin tarzda baholaş hamda moliya mablağlaridan maqsadli foydalanilişini nazorat qilişga xizmat qiladi.

Yangi tartibga köra, monitoring jarayonida kosmik tasvirlar hamda dronlar orqali olinadigan ma’lumotlar asosida qurilişning amaldagi holati tahlil qilinadi. Şu bilan birga, quriliş işlarining bajarilişi va moliyalaştiriş hajmlari örtasidagi mutanosiblik doimiy ravişda taqqoslanib, zarur holatlarda qöşimça örganiş va çora köriş böyiça takliflar şakllantiriladi.

Qayd etilişiça, uşbu yondaşuv yöl-infratuzilma loyihalarida monitoring sifatini oşiriş, xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş va resurslarni samarali boşqarişga qaratilgan.