Qarorda belgilanishicha, mazkur loyiha doirasida elektr energiyasini saqlash tizimini yagona elektr energiyasi tarmog‘iga ulash maqsadida elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya quriladi. Bu ishlar loyihani amalga oshiruvchi Mega Energy Power TECH MChJ (loyiha kompaniyasi) tomonidan bajarilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, loyiha kompaniyasi elektr energiyasini saqlash tizimining foydalanishga kafolatlangan tarzda tayyor turishini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Qurilish ishlari yakunlanib, obektlar ishga tushirilgandan so‘ng, elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshirilishi belgilangan.
Qayd etilishicha, elektr energiyasini saqlash tizimini qurish bilan bog‘liq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Bitimlarga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi.











