Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida yo‘l ta’miri sabab jamoat transporti yo‘nalishlariga o‘zgarish kiritildi
Sergeli tumanidagi Daryobo‘yi ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025 yil 19 dekabrdan boshlab ishlar yakunlanguniga qadar ushbu ko‘cha orqali harakatlanuvchi ayrim avtobus yo‘nalishlarida vaqtinchalik o‘zgarishlar joriy etildi. Yo‘lovchilardan qatnovlarni oldindan rejalashtirish so‘ralmoqda.
Foto: Toshshahartransxizmat
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, Daryobo‘yi ko‘chasida ta’mirlash ishlari boshlangani sabab 66-, 105-, 126-, 130- va 144-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakat sxemasida vaqtinchalik o‘zgarishlar amal qiladi.
Xususan, 66-, 126-, 130- va 144-sonli yo‘nalishlar harakati vaqtincha Nilufar va Nilufar-2 ko‘chalari orqali amalga oshiriladi. Shu davrda ushbu yo‘nalishlar Rayhon va Rayhon-1 ko‘chalari orqali vaqtincha harakatlanmaydi.
Bundan tashqari, 105-sonli avtobus yo‘nalishining so‘nggi bekati vaqtincha Nilufar-3 ko‘chasida joylashtiriladi.
Mutasaddilar ta’mirlash ishlari davomida ko‘chalarda tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli borligini, shu sababli yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, avtobuslarning harakat vaqti va oraliq vaqti belgilangan jadvaldan uzoqroq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
09:58 / 19.02.2026
Sergeli tumanida bo‘sh binoda yong‘in sodir bo‘ldi
19:09 / 16.02.2026
Toshkentda bir oyda avtobusda chiptasiz yurgan 11,5 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
12:53 / 15.02.2026
Toshkentdagi YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
15:06 / 14.02.2026