SpaceX asosçisi Ilon Mask boyligi 700 mlrd dollardan oşgan tarixdagi birinçi inson böldi, deb yozmoqda Forbes.

Yangi rekord Tesla aksiyalaridagi opsionlarning Maskka tegişli emas deb topgan quyi sud hukmini bekor qilgan Delaver ştatining qarori bilan boğliq.

Ayni paytda uşbu aksiyalar narxi 139 mlrd dollarni taşkil etadi va Forbes hisob-kitobiga köra, Maskning boyligi 749 mlrd dollarga yetdi. 

Atigi beş kun oldin, 15 dekabr kuni u 600 mlrd dollardan ortiq boylikka erişgan tarixdagi birinçi inson bölgandi.

Oktyabrda esa u tarixda birinçi bölib boyligi 500 mlrd dollarga yetgan şaxs sifatida qayd etilgandi.

Multimilliarder ilk bor 2021 yilda Forbesʼning dunyodagi eng boy insonlar reytingida birinçi örinni egallab, Amazon asosçisi Jyef Bezosni ortda qoldirgandi. Öşa paytda jurnal uning boyligini 271,3 mlrd dollarga baholagan.

2021 yil noyabr oyida Maskning boyligi 300 mlrd, 2024 yil dekabrda 400 mlrd dollarga yetgan. Forbes hisob-kitoblariga köra, Mask 2033 yil martiga borib dunyodagi birinçi trillionerga aylanişi mumkin.