Bir muddat muqaddam AQŞ elçisi Jonatan Xenik Özbekistonda YouTube monetizatsiyasi çeklangani masalasiga urğu berib, Google kompaniyasi bilan muzokaralarda yordam berişi mumkinligini bildirgandi. Kun.uz muzokaralar qanday natija bilan tugaganiga aniqlik kiritiş maqsadida Amerikaning Özbekistondagi elçixonasi bilan boğlandi.

Jonatan Xenikning ma’lum qilişiça, monetizatsiyaning çeklanganiga bir qator tartibga soluvçi va texnik omillar ta’sir qilyapti.

«Amerika texnologiya kompaniyalari Özbekistonda faoliyat yuritiş yoki monetizatsiya imkoniyatlarini kengaytirişda qator tartibga soluvçi va texnik omillar sababli qiyinçiliklarga duç kelyapti. Bunga şaxsiy ma’lumotlarni mahalliylaştiriş talablari, intellektual mulk huquqlarini himoya qiliş, tölov tizimlarini tartibga soliş hamda tilni qöllab-quvvatlaş bilan boğliq talablar kiradi. Özbekistonning huquqiy bazasi fuqarolarining şaxsiy ma’lumotlari mamlakat hududida joylaşgan serverlarda saqlanişini talab qiladi, bu esa AQŞ kompaniyalari tomonidan taqdim etiladigan raqamli tölov xizmatlarining mavjudligiga ham ta’sir körsatişi mumkin. Bundan taşqari, şaxsiy ma’lumotlar bazalarini majburiy röyxatdan ötkaziş talablari ma’muriy jihatdan oğir yuk sifatida baholanyapti», dedi Jonatan Xenik.

Amerika elçisining qöşimça qilişiça, Özbekiston hukumati AQŞ texnologiya kompaniyalari bilan davlat-xususiy muloqotlar orqali aloqalarni kuçaytiriş böyiça sa’y-harakatlarni jadallaştirgan va tartibga soluvçi bazaning ayrim elementlarini qayta körib çiqişga qiziqiş bildirgan.

«Qöşma Ştatlar işbilarmonlik muhitini yaxşilaydigan, raqamli savdoni kengaytiradigan hamda AQŞ–Özbekiston iqtisodiy hamkorligini çuqurlaştiradigan muloqot va islohotlar davom etişini qat’iy qöllab-quvvatlaydi», deydi Xenik Kun.uz’ga bergan izohida.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisob-kitoblariga köra, YouTube monetizatsiyasining yölga qöyilişi Özbekiston yalpi içki mahsulotini 0,05−0,1 foizga oşirişi mumkin. Monetizatsiya natijasida mahalliy blogerlarning daromadi yiliga 30-50 mln dollargaça oşadi. Yangi kontent yaratuvçilar soni köpayib, kreativ sanoat rivojlanadi.

Qayd etilişiça, Özbekistonda 26 mingdan ortiq faol videoblogerlar mavjud va ulardan 1000 nafari katta blogerlar (100 mingdan ortiq obunaçi), 5000 nafar örta blogerlar (10−100 ming obunaçi), 20 ming nafar kiçik blogerlar (1−10 ming obunaçi).