Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha hududida qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi
Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida og‘ir turdagi jinoyat sodir etib, Polshada yashirinib yurgan shaxs aniqlanib, ushlandi va O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Foto: IIV
Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi o‘zaro hamkorligidagi sa’y-harakatlari natijasida og‘ir turdagi jinoyatni sodir etgan shaxs qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, Interpol O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan tegishli tezkor ishlar hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi vakillarining hamkorligida og‘ir jinoyat sodir etib, Polsha davlatida yashirinib yurgan shaxs aniqlangan.
Xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda ushbu shaxs O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilinib, mamlakatga olib kelindi. Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xorijiy davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikda olib borayotgan ishlari ijobiy natijalar bermoqda.
O‘zbekistonga olib kelingan shaxs sodir etgan jinoyati uchun qonunchilikka muvofiq tartibda javobgarlikka tortilishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
15:56 / 02.02.2026
Polshaga Belarusdan yana havo sharlari uchib keldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
20:03 / 29.01.2026
Rossiyada migrantlar soni 10 foizga kamaydi, buning sabablari aytildi
10:14 / 29.01.2026