BNPLni tarjima qiladigan bölsak, bu “Buy Now, Pay Later” — “hozir ol, keyin töla” degani. Bugun BNPL bilan boğliq muammolar haqida gaplaşamiz.

Muammo mexanizmlarning özida emas. Asosiy muammo — ularning reklama va marketingda qanday talqin qilinişida, iste’molçiga qaysi iboralar va qaysi urğular bilan yetkazilişida. “Foizsiz”, “ortiqça tölovlarsiz”, “oson rasmiylaştiriş” kabi tovar sotib olişni osonlaştiruvçi sözlargina aytilib (yozilib), qolgani aytilmasa, iste’molçi mahsulotning haqiqiy qiymati va majburiyatini notöğri baholaşi mumkin.

Quyida muhim tafsilotlarni bandma-band körib çiqamiz.

Reklama oddiy e’lon emas, u moliyaviy xulq-atvorni şakllantiradi

Raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali moliyaviy mahsulotlar juda tez tarqaladi. Şu sababli endi reklama faqat sotuvni oşiradigan vosita bölib qolmay, balki moliyaviy xulq-atvorni şakllantiradigan omilga aylanadi. Ayniqsa moliyaviy savodxonligi past guruhlar uçun reklamadagi ohang, soddalaştirilgan va’dalar va “tezkor, qulay” urğulari qaror qabul qilişga kuçli ta’sir qiladi.

Şuning uçun marketing nafaqat tijoriy samaradorlik, balki mas’uliyat, şaffoflik, iste’molçini himoya qiliş va jamiyat işonçini saqlaş mezonlari bilan ham baholanişi kerak.

“Foizsiz” deb yozilganda...

Ba’zi savdo nuqtalarida bölib tölaş taklif etilayotgan tovarning boşlanğiç narxiga sezilarli ustama qöşilişi, natijada umumiy tölov summasi bozor narxidan ança yuqori şakllanişi kuzatiladi. “Foiz yöq” deb iste’molçiga “umuman qöşimça xarajat yöq” degan notöğri signal beriladi. Adolat şuki, iste’molçiga “oyiga şunça” deyiş bilan birga, “jami qança tölayman” degan savoliga aniq javob beriş kerak. Bu muhim!

“Sezilmas qarz” muammosi: mayda bölaklar tez köpayadi

BNPL va nasiya tölovlarining eng xavfli jihati şundaki, majburiyatlar “mayda bölaklar” körinişida tez yiğiladi. Iste’molçiga bölib tölaş şartnomasi oğir emasdek körinadi va bir vaqtning özida bir neçta şartnoma tuzadi, natijada umumiy tölov yuki daromadga nisbatan tez ortib boradi.

“Oyda bir kiçik tölov” tarzida taqdim etilgan majburiyatlar köpaygaç esa, iste’molçi öz moliyaviy holatini töliq baholay olmay qolişi mumkin. Oqibatda qarzdorlik sezilmas tarzda oşib, keyinçalik uni boşqariş qiyinlaşadi.

Markaziy bankning nasiya bozori böyiça tahliliy materialida keltirilişiça, 2024 yilda bir kişiga örtaça 3 ta nasiya şartnomasi töğri kelgan (2023 yilda – 2 ta). Bu körsatkiç nasiya majburiyatlari jamlanib borişi ehtimolini kuçaytiradi.

Qarz yukining sifati – iqtisodiy barqarorlik uçun muhim mezondir

Qarzning köpayişi doim ösişga xizmat qilmaydi. Iste’mol qarzlari tez oşib, uy xöjaligi daromadiga oğir bosim ötkazsa, bu ham bozor barqarorligi uçun xatar tuğdiradi, ham jamiyatning köplab ijtimoiy sohalariga zarba beradi.

Daromadning katta qismi qarz tölovlariga ketadigan şaroitda oilalarning kundalik ehtiyoji, jamğarma qiliş imkoniyati, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi zaiflaşadi. Bu esa nafaqat bitta oila, keng kölamda butun iqtisodiyot uçun salbiy oqibatlarga olib keladi.

Şu sababli reklama va sotuv amaliyoti odamni qarzga kiritişga emas, uning qarz yukiga çidamlilik çegarasini tuşuntirişga va ehtiyotkor qaror qabul qilişga çaqirişi kerak.

Markaziy bankning 2024 yil iyulidagi söroviga köra, bankdan qarzdor bölgan respondentlarda bankdan taşqari majburiyatlar ham hisobga olinganda jami örtaça qarz yuki (DSTI – daromadga nisbatan qarz tölovlari uluşi) 73 foizni taşkil etgan; respondentlarning törtdan bir qismida esa DSTI 80 foizdan yuqori bölgan!

Savdoda şaffoflik va mohiyatga e’tibor

Agar mahsulot “savdo” yoki “nasiya savdo” sifatida reklama qilinsa, u holda savdoga xos asosiy jihatlar iste’molçiga tuşunarli bayon etilişi lozim.

Narx qanday şakllanayotgani, tovar yoki xizmatning qiymati nimalarni öz içiga olişi, tölov muddati, majburiyatning oqibatlari, şartlarni buziş holatida nima bölişi kabi masalalar yaşirilmasligi kerak. Aks holda, “savdo” körinişida taqdim etilgan mexanizm amalda faqat keçiktirilgan tölov asosidagi moliyalaştirişga yaqinlaşib qoladi va iste’molçi mahsulotning mohiyatini töliq anglamaydi. Bu esa reklama va şartnoma örtasida işonç tafovutini keltirib çiqaradi.

Jahon tajribasi: BNPL bozorida iste’molçini himoya qiliş kuçaymoqda

Bugungi kunda BNPL bozorida reklama şaffofligi va iste’molçining xabardorligini kuçaytiriş köpgina mamlakatlarda ustuvor masala bölib bormoqda. Sababi oddiy: “oson rasmiylaştiriş” nazoratsiz kengaysa, bir neçta BNPL bitimlari yiğilib, qarzdorlik jamlanişi va xatarni anglaş darajasi pasayişi ortişi.

Şu bois Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi bozorlarda reklama böyiça talablar kuçaymoqda: reklama çalğitmasligi, xarajatlarni yaşirmasligi va “oylik tölov” bilan birga “jami tölov” hamda asosiy şartlarni aniq körsatişi kerak.

Ayrim yurisdiksiyalarda “BNPL kreditmi yoki bölib tölaş usulimi?” savoliga amaliy yondaşuvlarga aniqlik kiritilmoqda. Iste’molçi natijani aniq tuşunişi şart, çunki u majburiyat oladi.

Şuning uçun reklamada va narx yorliğida “jami tölov” va asosiy şartlar oçiq aytilişi, şikoyat qiliş hamda mas’uliyatli sotuv mexanizmlari kuçli bölişi lozim.

“Halol/islomiy” yorliği: eng yuqori darajadagi mas’uliyat

Ayrim mahsulotlar özini “halol” yoki “islomiy” deb taqdim etadi. “Halol/islomiy” bu – oddiy tijoriy da’vo emas, u iste’molçining e’tiqodiy işonçi bilan bevosita boğlanadi. Şuning uçun bu da’vo işlatiladigan reklamada narx va majburiyatlar yanada oçiq va aniq bölişi şart.

Iste’molçining e’tiqodiy tuyğusidan foydalanib, uni mohiyatini tuşunmasdan qarzga kirişga undaş – işonçni suiiste’mol qiliş hisoblanadi. Bunday taqdimot oxir-oqibat nafaqat bitta kompaniya, balki butun bozor segmenti obrösiga zarar yetkazişi mumkin.

Asosiy mezonlar: adolat, şaffoflik va iste’molçiga zarar yetkazmaslik

Mas’uliyatli reklama va marketingning markazida adolat turadi. Reklama va marketing faoliyati iste’molçiga zarar yetkazmasligi, uni adolatsiz moliyaviy yuk ostida qoldirmasligi lozim. Bu nafaqat axloqiy talab, u bozor işonçi va barqarorlikning amaliy kafolatidir.

Reklamada mahsulotning qulay tomonlarini körsatiş mumkin, biroq taqdimot muvozanatli bölişi kerak: foyda va qulaylik bilan birga, iste’molçining qaroriga ta’sir qiladigan asosiy şartlar ham aniq va halol yoritilişi kerak.

Reklama va marketing uçun amaliy “minimal şaffoflik” qoidalari

BNPL/nasiya reklamasida mas’uliyatli yondaşuv uçun kamida quyidagilar ta’minlanişi lozim:

1. “Oylik tölov” bilan birga, “Jami tölov” ham aniq körsatiladi (muddat, boşlanğiç tölov bölsa, u ham).

2. Reklamada “foizsiz” iborasi işlatilsa, narx ustamasi, xizmat haqi, komissiya yoki boşqa xarajatlar mavjud bölsa, yaşirilmaydi va aniq bayon etiladi.

3. Tölovning keçikişi şartlari çalğitmaydigan tarzda körsatiladi:

a) Agar penya/jarima 0 söm bölsa, “jarimasiz” iborasi faqat şu mazmunda işlatiladi.

b) Keçikişning boşqa oqibatlari (xizmat çeklovi, limit pasayişi, undiriş tartibi va boşqalar) bölsa, ular ham qisqa va tuşunarli körsatiladi. “Batafsil şartlar” havolasi qöşimça ma’lumot uçun berilişi mumkin, biroq “havola bor” degan bahona bilan muhim şartlar reklamada yaşirilmaydi.

4. Bir vaqtning özida bir neçta bölib tölaş şartnomasi tuzilsa, umumiy majburiyat tez oşişi mumkinligi haqida ogohlantiriş beriladi (masalan: “Bir neçta bölib tölaş majburiyatlari umumiy tölov yukini oşirişi mumkin”).

5. “Halol/islomiy” da’vosi işlatilsa, u faqat yorliq bölib qolmay, şaffof hujjatlar va içki nazorat bilan asoslanadi; xususan, reklama va marketing materiali vakolatli islomiy moliya maslahatçisi/kengaşi tomonidan mazmunan körib çiqilganligi (tasdiqlaş tartibi mavjudligi) oçiq körsatiladi.

Xulosa

BNPL va nasiya tölov tizimlari bozorda qulaylik yaratadi, savdoni tezlaştiradi va ayrim ehtiyojlar qondirilişi yengillaşadi. Biroq ular notöğri reklama qilinsa, “sezilmas qarz” muammosini kuçaytiradi, qarzdorlik yiğilişi tezlaşadi, aholi işonçiga putur yetadi.

Reklama va marketing “tez sotiş” emas, “töğri tuşuntiriş” tamoyiliga tayanişi kerak. Mas’uliyatli reklama iste’molçining ongli tanlovini himoya qiladi, tadbirkorning obrösini mustahkamlaydi va bozor barqarorligiga uzoq muddatli hissa qöşadi.

Iskandar Tursunov,
Islomiy moliya eksperti,
Al Muamalat Consulting direktori