Xususan, 1 dekabr holatiga propanning 1 tonnasi o‘rtacha 7 mln 31,6 ming so‘mdan sotilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 24 dekabrga kelib 7 mln 735,7 ming so‘mgacha oshgan. Ya’ni 24 kun davomida ushbu mahsulot bahosi 10 foizga ko‘tarilgan.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning e’tibor qaratishicha, birjadagi narx oshishi chakana savdodagi narxlarda ham aks eta boshlagan. Xususan, chakana shoxobchalarda propanning litri oy boshida 5 500 – 5 600 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, shu kunlarda narx 6 100-6 200 so‘mgacha ko‘tarilgan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, propan narxi noyabr oyida 7,4 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, yillik hisobda 20,8 foizga arzonlashlashgan.