Isroil hukumati Falastin yerlarini bosqiçma-bosqiç egallaş siyosatini davom ettiryapti. 21 dekabr kuni Ğarbiy sohilda yana 19 ta yahudiy mavzelari qurilişi e’lon qilindi. Bu posyolkalar bosqin ostidagi mamlakatni yanada parçalaydi va Oslo kelişuvlarini inkor qiladi. Voqelikni Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida professor Farhod Karimov xaritalar uzra şarhlab berdi.
— 19 ta yangi aholi punkti qayerlarda joylaşgan va ular Falastin şaharlarini bir-biridan qanday ajratmoqda?
— Hozirgi paytda Ğarbiy sohilda Isroil tomonidan qurilgan bunday aholi punktlari soni 70 taga yaqin. Ular Falastin nazoratidagi hududlarni örab oliş va bölib taşlaş maqsadida joylaştirilgan bölib, bu jarayon 1993 yildan buyon izçil davom etmoqda. Yangi e’lon qilingan 19 ta aholi punktidan 5 tasi amalda allaqaçon mavjud, biroq Isroil hukumati ularni rasman tan olmagan. Yana 2 ta punkt ilgari buzilgan bölsa-da, hozir qayta tiklanmoqda. Qolgan 12 tasi – yangi qurilişlar hisoblanadi.
Mazkur aholi punktlari asosan şimoldan janubga çözilgan törtta strategik hududda joylaştirilmoqda. Birinçi hudud – Jyenin atrofi. Jyenin Isroilning Livan yönalişidagi asosiy tranzit nuqtasi bölgani sababli, bu yerda turargohlar qurilişi Falastinning şimoliy yönalişlar bilan aloqasini çeklaşga xizmat qiladi.
Ikkinçi va eng yirik hudud – Nablus atrofidir. Bu yerda Duma, Jalud va Qusra qişloqlari muhim ahamiyatga ega. Mazkur qişloqlar Nablusni şimol, janub, şarq va ğarbdan boğlab turuvçi hududlar bölib, aynan şu yerlar orqali Isroil aholi punktlarini kengaytiriş rejalaştirilgan. Rejaga köra, köp qavatli uylar va kottejlar qurilib, bu hududlarga asosan harbiylar joylaştiriladi. Natijada Nablus Falastin hududlari bilan bevosita aloqadan uzilib qoladi.
Uçinçi muhim hudud – Ramalloh atrofi. Ramalloh Falastinning ma’muriy markazi bölib, siyosiy boşqaruv aynan şu şahardan amalga oşiriladi. Deir Ammar, Ras Karkar va Sinjil hududlarida yangi posyolkalar qurilişi Ramallohni şimoliy, ğarbiy va janubiy yönalişlardan ajratib qöyişni közda tutadi. Xususan, Sinjil orqali savdo va oziq-ovqat oqimi nazorat ostiga olinişi mumkin.
Törtinçi hudud – Al-Xalil atrofidir (Isroil bu şaharni ibroniyça Hebron deb nomlagan). Bu yerda Yatta tumani va unga tutaş qişloqlar strategik ahamiyatga ega. Rejaga köra, uşbu hududlar orqali Al-Xalil – Ramalloh va janubiy Falastin hududlaridan uzib qöyiladi. Natijada şahar töliq Isroil nazorati ostidagi yölaklar bilan örab olinadi.
















