Germaniyada viza firibgarligi holatlari köpaymoqda. Bu haqda yakşanba, 28 dekabr kuni Bild gazetasi federal politsiya ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Naşrga politsiya xodimi aytişiça, “bir neça yildan beri çegara orqali harakatni nazorat qilişga mas’ul idoralar vizalarni aldaş yöli bilan oliş holatlari ortib borayotganini kuzatmoqda”. Federal politsiya ma’lumotlariga köra, bu holatlarning köpçiligi Germaniyada “boşpana beriş haqidagi arizalar” bilan boğliq.
Bu yerda gap faqat nemis vizalari haqida emas. Bild ta’kidlaşiça, Fransiya, Gretsiya, Italiya va Ispaniya vizalari bilan boğliq holatlar ham tergov qilinmoqda — ya’ni şu vizalar egalarining Germaniyaga kirişga uringani qayd etilgan. Jurnalistlar suhbatlaşgan politsiya xodimi fikriça, viza firibgarligi holatlarining köpayişi Germaniya çegaralarida vaqtinça joriy etilgan nazoratning “yuqori samaradorligi” bilan boğliq.
Bundan taşqari, xodim ma’lum qilişiça, hozir politsiyaga “milliy nemis vizalarini işga joylaşiş yoki öqiş maqsadida notöğri (qonunga xilof) qöllaş” haqidagi ma’lumotlar ham tobora köproq kelib tuşmoqda.
Bild keltirayotgan Federal politsiya ma’lumotlariga köra, 2025 yilning 10 oyida 5569 nafar gumonlanuvçi aniqlangan — bu ötgan yil davomidagi jami körsatkiç (5872)dan sal kam, biroq 2022 yilga (2676) nisbatan ikki baravardan ham köp.
Bild xabarida aytilişiça, viza firibgarligida gumonlanuvçilarning aksar qismi Turkiyadan (634) kelgan. Keyingi örinlarda Ozarboyjon (526), Eron (462), Suriya (275) va Afğoniston (212) fuqarolari qayd etilgan.

















