RF mudofaa vazirligi harbiy ma’lumotni rasmiy versiyaga moslaştirmoqda: Lavrov 91 ta dron bilan hujum qilinganini aytgandi, vazirlikning öşa kungi bayonotida Valday joylaşgan Novgorod oblasti hududida 18 ta dron urib tuşirilgani ma’lum qilingandi. Mahalliy aholi esa dronlar ovozi va havo hujumidan himoya vositalari işga tuşganidan keyin böladigan portlaş ovozlarini eşitmagan. Mahalliy pabliklarda ham hujum oqibatlari aks etgan kadrlar çiqmadi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Ukraina dronlari Vladimir Putinning Valdaydagi qarorgohiga hujum uyuştirgani haqida bayonot berganidan bir kun ötib ham bu hujum çindan röy berganiga dalillar taqdim etilmadi – ammo bir qança davlatlar yetakçilari bu «hujum»ni qoralab çiqişdi.

BAA taşqi işlar vazirligi «hujum»ni «jirkanç» deb atagan. Idora Rossiya prezidenti, hukumati va xalqi bilan birdamligini tasdiqladi va «BAA xavfsizlik va barqarorlikka putur yetkazişga qaratilgan zöravonlikning har qanday şaklini qabul qilmasligi»ni ta’kidladi. Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif ham xuddi şunday bayonot bilan çiqdi.

Hindiston boş vaziri Narendra Modi X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Putin qarorgohiga «hujum» haqidagi xabarlardan «çuqur xavotirda» ekani haqida rus tilida post joylaştirdi. «Hozirgi diplomatik sa’y-harakatlar harbiy harakatlarni töxtatiş va tinçlikka erişişning eng maqbul yölidir. Biz barça manfaatdor tomonlarni uşbu yölga e’tibor qaratişga va jarayonga zarar yetkazişi mumkin bölgan har qanday harakatlardan tiyilişga çaqiramiz», – deb yozgan Modi.

Kreml bayonotiga köra, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev ham «hujum»ni qoralab bayonot berdi – ikki prezident ham 30 dekabr kuni Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplaşgan.

Rossiya rasmiylari haligaça Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilişga uringaniga oid dalillarni keltirmadi. Lavrov öz bayonotida Ukraina 91 ta zarbdor dron bilan hujum qilgani haqida aytgandi. Rossiya mudofaa vazirligining 29 dekabr kuni ertalab bergan hisobotida esa Rossiya uzra ukrainlarning jami 89 ta droni töxtatilgani va yöq qilingani haqida ma’lum qilgandi, şundan faqat 18 tasi – Valday qarorgohi joylaşgan Novgorod oblasti hududiga kirgan. Bir yarim soat ötib harbiy idora uşbu regionda yana 23 ta dron urib tuşirilgani haqida xabar berdi. 29 dekabr kuni, Lavrovning bayonotidan keyin, mudofaa vazirligi yangi post e’lon qildi, unda raqamlardagi tafovutni izohlaşga harakat qilingan. Harbiy idoraning ta’kidlaşiça, Lavrovning bayonotida keltirilgan miqdor Bryansk oblastida töxtatilgan 49 ta dron hamda Smolensk oblasti uzra tutib qolingan yana bir dronni ham öz içiga olgan: vazirlik ular ham «Novgorod oblasti yönalişida uçgani»ga işontirişga uringan.