Amerika Uruşni örganiş instituti (ISW) Kreml bir kun oldin xabar bergan Vladimir Putinning Valdaydagi qarorgohiga Ukraina dronlari hujumining tasdiğini topmadi. Bu haqda markaz tahlilçilarining 30 dekabrga ötar keçasi e’lon qilingan hisobotida aytiladi.
ISW xulosasiga köra, Rossiya rasmiylarining prezident qarorgohiga hujum haqidagi xabarlari oçiq manbalar ma’lumotlari: geolokatsiya, obekt yaqinidagi portlaşlar yoki tutun tasvirlari, mahalliy hokimiyat şarhlari yoki mintaqaviy ommaviy axborot vositalarining şikastlanişlar haqidagi xabarlari bilan tasdiqlanmaydi. Bundan taşqari, tahlilçilar Rossiya Taşqi işlar vazirligi va Mudofaa vazirligining rasmiy bayonotlarida ziddiyatlar borligini aniqladi.
ISW xulosalari mahalliy aholi tomonidan ham tasdiqlanmoqda. «Mojyem ob’yasnit» telegram-kanalining yozişiça, Novgorod viloyati aholisi dronlar parvozi haqida ogohlantiruvçi xabarlarni olmagan, Valday aholisi esa dronlarga xos ovozlar yoki dronlarning portlaşini eşitmagan.
Avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Ukrainaning 91 ta droni Putinning Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilganini aytdi. U hujumni tasdiqlovçi heç qanday dalil keltirmadi va Ukrainaga javob qaytariş, şuningdek, tinçlik muzokaralarida pozitsiyani kuçaytiriş bilan tahdid qildi. Uning sözlariga köra, jabrlanganlar va zarar körganlar haqida ma’lumot kelib tuşmagan.
Ukraina hukumati Valdayga dronlar hujumi haqidagi xabarni «Ukrainaga takror hujumlar uçun bahona va yolğon bahona yaratiş» maqsadidagi «uydirma» deb atadi.
Kreml Putinning Valdaydagi qarorgohiga «hujum qilişga uriniş»ni «muzokaralar jarayonini buzişga qaratilgan terakt» deb baholadi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 30 dekabr kuni ta’kidlaganidek, Ukrainaning bunday hujumi «Tramp va uning uruşni tinç yöl bilan hal qiliş böyiça sa’y-harakatlariga qarşi» qaratilgan. Peskov, şuningdek, dronlar hujumiga oid dalillarni keltirmadi va hujumning işonçsizligi haqidagi xabarlarni «aqldan ozgan bayonot» deb atadi.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Putinning qarorgohiga «hujum qilişga uriniş nozik paytda sodir bölganini» aytgandi.
«Hozir bularning hammasi uçun qulay vaqt emas. Va bunday qiliş mumkin emas. Va men bu haqda prezident Putindan bilib oldim. Men juda ğazablandim», dedi u 29 dekabr kuni.
Institute for the Study of War (ISW) – Amerikadagi mustaqil tahliliy markaz bölib, harbiy strategiya, mojarolar va xalqaro xavfsizlik masalalariga ixtisoslaşgan.

















