Strategiya loyihasiga muvofiq, 2030 yilga qadar iqtisodiyotda yuqori qöşilgan qiymat yaratiş, işlab çiqariş zanjirlarini çuqurlaştiriş va sanoatda ilğor texnologiyalarni joriy etişga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşiriladi. Şu doirada yengil avtomobillar işlab çiqariş hajmini 1 million donaga yetkaziş rejalaştirilgan.

Loyihada sanoatda texnologik mahsulotlar işlab çiqariş hajmini 2023 yilga nisbatan 2,5 baravar oşiriş maqsad qilingani qayd etilgan. Avtosanoatda işlab çiqariş hajmini keskin oşiriş rejasi ham aynan şu umumiy strategiya — mahalliy xomaşyodan samarali foydalaniş, sanoat kooperatsiyasini kuçaytiriş va qöşimça qiymatni mamlakat içida şakllantiriş maqsadlari bilan uyğun tarzda közda tutilmoqda.

Şuningdek, yuqori daromadli mahsulotlar işlab çiqariş uçun zarur resurs bazasini kengaytiriş böyiça ham indikatorlar keltirilgan: mis işlab çiqarişni 2,5 baravar, oltinni 1,5 baravar, kumuş va uran işlab çiqarişni 3 baravar oşiriş (2023 yilga nisbatan) rejalaştirilgan. Elektrotexnika sanoatida misni qayta işlaş hajmini 300 ming tonnagaça oşiriş maqsadi ham belgilangan.

Közda tutilgan çoralar sanoat tarmoqlarida işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş, içki va taşqi bozorlarda raqobatbardoş mahsulotlar uluşini oşiriş, kooperatsiya va texnologiyalar transferini tezlaştirişga qaratilgan. Şu orqali sanoatning umumiy ösişiga xizmat qiladigan yangi quvvatlar va qiymat zanjirlari şakllantirilişi rejalaştirilgan.