Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda ona bo‘lmoqda?
2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda 664,6 mingta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Tug‘ilishlar taqsimotida onalarning 25–39 yosh guruhi asosiy ulushni tashkil etgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tug‘ilishlar ota-onalarning yosh guruhlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:
Otasining yoshi:
- 25 yoshgacha — 74 946 nafar (11,3 foiz);
- 25–39 yoshdagilar — 542 512 nafar (81,6 foiz);
- 40 yosh va undan kattalar — 47 140 nafar (7,1 foiz).
Onasining yoshi:
- 25 yoshgacha — 269 823 nafar (40,6 foiz);
- 25–39 yoshdagilar — 385 424 nafar (58 foiz);
- 40 yosh va undan kattalar — 9 351 nafar (1,4 foiz).
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilishlarning katta qismi 25–39 yoshdagi onalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, 25 yoshgacha bo‘lgan onalar ulushi ham sezilarli — 40,6 foiz.
Mavzuga oid
21:30 / 18.03.2026
“Jazoni og‘irlashtirishga ehtiyoj va talabni sezdik” – administratsiya rahbari o‘rinbosari
09:22 / 09.03.2026
Rahbar ayollarning yillik reytingi yangilandi
18:58 / 06.03.2026
Ayollar uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
20:31 / 10.02.2026