Nestle Qozoğiston hududida bolalar oziq-ovqatining çeklangan partiyasini qaytarib olişini e’lon qildi. Gap tez eriydigan quruq sut va nordon sutli aralaşmalar, şuningdek, şifobaxş parhez taomlarning aminokislotalari asosidagi quruq aralaşmasi haqida ketmoqda, deb yozdi Tengrinews.
Kompaniya xabariga köra, qaror ehtiyot çorasi sifatida qabul qilingan va Nestle mahsulotlarini «global qaytarib oliş jarayonining bir qismi» hisoblanadi. Bunga taşqi ta’minotçi tomonidan yetkazib beriladigan araxidon kislotasi tarkibidagi tsereulid toksinining ehtimoliy xavfi sabab bölgan. Uning organizmga tuşişi ötkir zaharlanişni keltirib çiqaradi, asosiy belgilari köngil aynişi, qusiş va qorin oğriğidir.
Qaytarib oliş jarayoni tez eriydigan quruq sutli va nordon sutli aralaşmalar, şuningdek, şifobaxş parhez taomlarning aminokislotalari asosidagi quruq aralaşmalarga tegişli:
- NAN 1 OPTIPRO – partiya raqamlari: 51500346AA, 51740346AC, 51510346AA, 52180346AA, 51740346BA, 52200346BA;
- NAN 2 OPTIPRO – partiya raqamlari: 51420017C5, 51670017C2, 52940017C2, 51680017A1, 5200167811, 5200167821, 5220767821, 5240167821, 5241167821, 5256167811;
- NAN nordon sutli – partiya raqamlari: 51220017A2, 51230017A1;
- NAN laktozasiz - partiya raqami: 51400346AA;
- ALFARE Amino - partiya raqami 51050017Y2.
Nestle kompaniyasining aniqlik kiritişiça, qaytarib oliş jarayoni faqat çeklangan miqdordagi partiyalarga taalluqli bölib, kompaniyaning Qozoğiston bozorida taqdim etilgan boşqa bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga taalluqli emas.

















