Venesuelalik muxolifatçi siyosatçi, 2025 yilda tinçlik böyiça Nobel mukofotiga sazovor bölgan Mariya Korina Maçado öz mukofotini AQŞ prezidenti Donald Trampga topşirişga yoki u bilan bölişişga tayyor. Bu haqda Maçado Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Tinçlik böyiça Nobel mukofotini olganimni bilganimda, uni Donald Trampga bağişladim, çunki u bunga loyiq deb öyladim... Agar men oktyabr oyidayoq u bunga loyiq deb hisoblagan bölsam, tasavvur qiling, hozir [Nikolas Maduro ağdarilganidan keyin] qançalik bu fikrda mustahkamlandim», dedi Maçado.

Boşlovçining Trampga mukofotni berişni taklif qilganmisiz, degan savoliga siyosatçi şunday javob berdi: «Bu hali sodir bölgani yöq. Ammo men unga şaxsan aytmoqçimanki, biz, Venesuela xalqi (çunki bu Venesuela xalqining mukofoti) uni [mukofotni] unga berişni va u bilan bölişişni xohlaymiz».

Mariya Korino Maçado Venesuela parlamenti deputati edi. 2012 yilda u prezidentlikka nomzodini qöydi. 2023 yilda u navbatdagi prezidentlik saylovida iştirok etiş niyatini e’lon qilganida, davlat lavozimlarini egallaş huquqidan mahrum qilindi. 2012 va 2024 yillarda Maçado Nikolas Maduroga qarşi namoyişlarga boşçilik qilgan.

2025 yil oktyabr oyida Maçado tinçlik böyiça Nobel mukofotini qölga kiritdi. U buni «jabrdiyda Venesuela xalqiga» va Donald Trampga «işimizni qat’iy qöllab-quvvatlagani uçun» bağişladi.

3 yanvar kuni AQŞ maxsus kuçlari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni öğirlab ketganidan söng, Maçado venesuelaliklar uçun «erkinlik vaqti kelganini» aytdi. Biroq Trampning ma’lum qilişiça, AQŞ Venesuelani Maduroning eski safdoşi bölgan vitse-prezident Delsi Rodriges bilan hamkorlikda boşqarmoqçi. Maçado, Trampning sözlariga köra, mamlakatda «yetarliça qöllab-quvvatlovga ega emas».

The Washington Post manbalarining xabar berişiça, Tramp Maçadoni qöllab-quvvatlaşdan boş tortgan, çunki Maçado unga özi juda xohlagan Nobel mukofotini bermagan. Tramp Maçado «ğalaba qozonmasligi kerak edi» deb javob berdi, ammo unga mukofot berilişini öz qaroriga heç qanday ta’sir körsatmaganini aytdi.