Nestlé mahsulotlaridan zararlaniş holatlari yöq deyilgan edi. Ammo ota-onalardan kelayotgan murojaatlarga köra, bolalarda zaharlaniş ehtimoli borligi taxmin qilinmoqda. Tahririyat örgangan holatlarda uşbu mahsulotni iste’mol qilgan bolalarda deyarli öxşaş belgilar kuzatilgan: qusiş, qorin oğriği, iç ketiş va boşqa nojöya alomatlar.

Özbekistonda Nestlé kompaniyasining bolalar uçun möljallangan ayrim mahsulot partiyalari ixtiyoriy ravişda qaytarib olinayotgan, kompaniya avvalroq mahsulot tarkibida ehtimoliy xavf bölişi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Biroq sönggi kunlarda tahririyatga ota-onalar tomonidan kelib tuşayotgan murojaatlar vaziyat atrofida qator savollarni kun tartibiga çiqarmoqda.

Tahririyatimizga bir neça ota-onalar bolalari Nestlé NAN mahsulotlarini iste’mol qilganidan keyin qusiş, qorin oğriği va boşqa nojöya alomatlar kuzatilgani haqida murojaat qildi.

1-ota: «Qizimga Nestléʼning ALFARÉ Amino kaşasini berardik. Oxirgi qutini 5 kun avval oçganmiz, şuni iça boşlaganidan keyin içi ketib, qayt qila boşladi. Biz uni doimgiday bolaning qorni töyganidan keyingi odatdagi qusişi deb öyladik. Lekin biroz ötib bolaning içidan qon kela boşladi. Zudlik bilan bu mahsulotni berişni töxtatdik, şifokorga körsatdik. Şu kaşadan berganimizni aytdik, u şundan bölişi mumkinligini, oxirgi kunlarda şunday taxmin bilan kasal çaqaloqlar köp kelganini aytdi. Lekin nega bunga aniq analizlar topşirilib, tekşirilmayapti, «Dok1 maks»ga öxşab kimdir bolasidan ajralişini yoki nogiron bölib qolişini kutişyaptimi?»

2-ota:«Farzandimga Nestléʼning NAN mahsulotini ançadan beri içirardik. Yaqin kunlarda bolam mazasi qoçdi, oğzida yaralar çiqib ketdi, stomatitdan deb öylagandik. Lekin undan emas ekan, NAN haqidagi xabarlarni eşitib, şifokorga borsak, hamma joyda şu kasallik bilan oğriyotgan bolalar juda köp ekan. Köz oldimizda ham şunday alomatlar bilan kasal bolalar olib kelindi. Bizning farzandimiz ham oşqozoni oğrib yiğladi. Pediatrga olib bordik, oşqozonni tozalaş kerak deyişdi, dorilar yozişdi. Bu holat mahsulot iste’moli bilan boğliq bölişi mumkinligi aytildi. Kompaniyaga qönğiroq qilsak, murojaat qilayotganlar köp ekanini, kompensatsiya masalasi körib çiqilayotganini bildirişdi».

Yana ayrim ota-onalar ham bolalarida şunaqa holat kuzatilganini, mahsulot qaytarib olinişida ham muammolar bölayotganini, kompaniya koll-markaziga qönğiroq qilinganda ariza qoldiriş yoki boşqa joyga murojaat qilişlari kerakligini aytib, işni paysalga solganini aytişmoqda.

Vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Sanitariya va epidemiologiya qömitasi bilan boğlanganimizda hozirça ularga bolalarning zaharlaniş holatlari haqida rasmiy murojaat bölmaganini bildirişdi.