Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Yun Sok Yol 2024 yil dekabr oyida mamlakatda harbiy holat joriy etişga muvaffaqiyatsiz urinişda aybdor deb topilsa, unga ölim jazosi berilişini talab qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

13 yanvar kuni Seuldagi sud Yunning isyonga rahbarlik qilişda ayblanayotgan işi böyiça yakuniy dalillarni tingladi.

2024 yil dekabr oyi boşida bir kun içida Janubiy Koreyadagi siyosiy vaziyat bir neça bor keskin özgardi. Avvaliga prezident Yun harbiy holat joriy qildi, keyin parlament bu qarorni blokladi, şundan söng parlamentda köpçilikni taşkil qilgan muxolifat deputatlari prezidentga impiçment töğrisidagi qonun loyihasini kiritdi, u hibsga olindi va sudga berildi.

Qözğolonga rahbarlik qiliş - Yunga qöyilgan eng oğir ayblov uçun ölim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan. Janubiy Koreya qonunçiligiga köra, isyon töğrisidagi işlarda prokurorlar sudga ölim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi beriş töğrisida iltimosnoma kiritişi şart.

Yun barça ayblovlarni rad etib, harbiy holatning joriy etilişi ramziy ma’noga ega bölgani va muxolifatning suiiste’molliklariga jamoatçilik e’tiborini qaratiş uçun möljallanganini ta’kidlamoqda.

Janubiy Koreya qariyb 30 yil davomida ölim jazosini ijro etmagan. 1996 yilda sobiq harbiy diktator Çon Du Xvan 1979 yilda harbiy töntariş oqibatida hokimiyatni egallab olgani uçun ölim jazosiga hukm qilingan, biroq keyinçalik uning jazosi umrbod qamoq jazosiga almaştirilgan edi.

Yun işi böyiça maxsus prokurorlarning ta’kidlaşiça, uning harbiy holat joriy etişga urinişi oqibatida heç kim halok bölmasa-da, niyati undan kam bölmagan zöravonlik edi.

Sudda guvohlik bergan harbiy boşliqlardan biri Yun qonun çiqaruvçilarni hibsga oliş töğrisida buyruq berganini da’vo qildi.

Şuningdek, harbiy holat rejasi işlab çiquvçilaridan biri - sobiq harbiy ofitserning yuzlab odamlarni, jumladan, jurnalistlar, kasaba uyuşmalari faollari va parlament a’zolarini «yöq qiliş» taklifi aks etgan memorandumi ham dalil sifatida keltirilgan.

Ötgan oyda ham prokurorlar sobiq prezidentni odil sudlovga tösqinlik qiliş va harbiy holat joriy etişga uriniş bilan boğliq boşqa jinoyatlarda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etişni talab qilgan edi.