Ukraina Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy byurosi (NABU) va Korrupsiyaga qarşi ixtisoslaştirilgan prokuratura (SAP) Oliy Rada fraksiyalaridan birining rahbari parlament deputatlariga «noqonuniy imtiyoz taklif qiliş»da gumonlanayotganini e’lon qildi. Aksilkorrupsiya organlari press-relizida deputatlarni sotib olişda gumon qilinayotgan şaxsning ismi aytilmagan, biroq SAP matbuot kotibi Olga Postolyuk «RBK-Ukraina»ga bergan izohida gap Ukrainaning sobiq boş vaziri va «Batkivşina» fraksiyasi rahbari Yuliy Timoşenko haqida ketayotganini tasdiqladi.
Timoşenko Ukraina Jinoyat kodeksining 369-moddasi 4-qismi (mansabdor şaxslarga noqonuniy imtiyoz taklif qiliş) böyiça gumonlanmoqda. Bu moddaga köra, eng yuqori jazo – 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş. Korrupsiyaga qarşi idoralar iş doirasida boşqa fraksiyalarning 20 ga yaqin deputatini ham tekşirmoqda – ular muayyan qonun loyihalari böyiça ovoz beriş uçun pul olgan bölişi mumkin.
13 yanvar kuni keçqurun NABU va SAP xodimlari «Batkivşina» partiyasining Kiyevdagi ofisiga tintuv ötkaziş uçun borişgan. Tergov versiyasiga köra, 2025 yil dekabr oyida deputatlarni sotib oliş faktlari aniqlanganidan söng, Timoşenko ayrim deputatlar bilan «ovoz beriş paytidagi sodiqlik evaziga noqonuniy imtiyoz taqdim etişning tizimli mexanizmini joriy etiş böyiça muzokaralar olib borişni boşlagan». «Gap bir martalik kelişuvlar haqida emas, balki oldindan tölovlarni nazarda tutuvçi va uzoq muddatga möljallangan muntazam hamkorlik mexanizmi haqida ketgan», – deyiladi press-relizda.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy byurosi Timoşenko va deputatlar örtasida Radada kerakli tarzda ovoz beriş uçun tölov masalasi muhokama qilingan suhbatdan yozib olingan audioni ham e’lon qildi. «Strana» va NV xabarlariga köra, audioda deputatlarga Vasiliy Malyukning Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari lavozimidan iste’foga çiqişi, şuningdek, Mixail Fyodorov va Denis Şmigalni raqamli transformatsiya vaziri va mudofaa vaziri lavozimlaridan böşatişni yoqlab ovoz beriş böyiça körsatmalar berilgan. «Endi kadrlar masalasiga kelsak. Lavozimdan oliş uçun ovoz beramiz, tayinlaş uçun esa ovoz bermaymiz. Hammasi böyiça», – deydi yozuvda gapirgan ayol kişi.
Yozuvda ovoz beriş uçun tölov haqida ham söz boradi. «Biz ikkita sessiya uçun „ön“ tölaymiz (katta ehtimol bilan, ön ming dollar – tahr), ikkita sessiya uçun obuna bilan tölaymiz [...] Agar siz bilan bugun kelişib olsak, kim kim bilan birga ekanini belgilab olamiz va men sizga beraman. Kassaga berayotgandek beraman», – deydi ovoz.
NABU tomonidan e’lon qilingan videoda tergovçilar yuzi xiralaştirilgan ayolning oldiga dasta-dasta dollarlarni qöyayotgani aks etgan.














