O‘zbekiston 2025 yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, Speedtest Global Index mobil internet tezligi reytingida 76-o‘rinni egalladi. Bu noyabr oyiga nisbatan 5 pog‘ona pastdir. Mamlakatda mobil internet tezligi 51,47 megabit/sekund deb baholangan.
Shuningdek, simli internet tezligi ham yomonlashib, respublika 77-o‘rindan 83-pog‘onaga tushdi. Bunda o‘rtacha tezlik 90,94 Mb/s bo‘lgan.
Eng tez mobil internet Birlashgan Arab Amirliklarida qayd etildi va 691,76 Mb/s ni tashkil etdi. Simli internet tezligi bo‘yicha esa Singapur yetakchilik qilmoqda - 410,06 Mb/s.











