Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dorixonalarda spirt o‘rniga loson taklif etilayotgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasining «sirli mijoz» tadbiri doirasida 20 dan ortiq dorixonada tekshiruv o‘tkazildi. Shundan taxminan 25 foizida spirt so‘ralganda uning o‘rniga loson berilgani aniqlangan.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan dorixonalarda «sirli mijoz» tadbiri o‘tkazildi, deya xabar berdi qo‘mita axborot xizmati. Bunga iste’molchi spirt mahsuloti so‘raganda uning o‘rniga dorixona xodimi tomonidan loson taklif etilayotgani haqidagi murojaatlar sabab bo‘lgan.
«O‘rganishlarda 20 dan ortiq dorixonalar qamrab olindi va shundan taxminan 25 foizida spirt so‘ralganda uning o‘rniga loson berilgani aniqlandi. Shu bilan birga, dori vositalarini ishlab chiqarishda GDP sertifikatlari joriy etilib, sifat nazorati kuchaytirilgan davrda ayrim spirt ishlab chiqaruvchilar litsenziya olmagan va spirt o‘rniga loson ishlab chiqarishni boshlagan. Mazkur holat yuzasidan iste’molchilarga to‘liq ma’lumot berilmagani ularni chalg‘itishga olib kelgan», deyiladi qo‘mita xabarida.
Ma’lumki, 70 foizli tibbiy spirt sog‘liqni saqlash sohasida ya’ni
- inʼeksiyalar oldidan teriga ishlov berish;
- asbob-uskunalarni sterilizatsiya qilish;
- yaralarni davolash;
- jarrohlik amaliyotlarida qo‘llanadi.
Loson esa tarkibida spirt miqdori past bo‘lgan kosmetik mahsulot hisoblanadi va asosan:
- terini tozalash va ortiqcha yog‘lanishni kamaytirish,
- kosmetika qoldiqlarini bartaraf etishga mo‘ljallangan.
Shu bois spirt o‘rniga loson taklif etilishi kutilgan natijani bermasligi va iste’molchilar sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.
Mavzuga oid
12:06
Raqobat qo‘mitasi 26 ta dorixonaga ish qo‘zg‘atdi
19:02 / 28.02.2026
Raqobat qo‘mitasi yoqilg‘i mahsulotlari narxlari monitoring qilinayotganini bildirdi
16:19 / 17.02.2026
Raqobat qo‘mitasi kafe va restoranlarni Ramazonda iste’molchilarga «set»larni majburlab sotmaslikka chaqirdi
18:14 / 16.02.2026