Visual Capitalist tomonidan tayyorlangan tahlilda zamonaviy kosmik sanoat uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan sakkiz turdagi strategik xomaşyoning eng yirik işlab çiqaruvçilari keltirilgan.

Tahlilçilar ta’kidlaşiça, raketa taşuvçilar, sun’iy yöldoşlar, kosmik kemalar va boşqa aerokosmik texnikalarni işlab çiqarişda noyob metallar, minerallar, sanoat gazlari va yoqilğining ahamiyati yil sayin ortib bormoqda.

Xitoy törtta asosiy resurs böyiça mutlaq yetakçi
Ma’lumotlarga köra, Xitoy sakkizta strategik materialning törttasi böyiça dunyoda birinçi örinni egallaydi.

Jumladan, mamlakat:

galliyning 99 foizini;
grafitning 78 foizini;
titanning 70 foizini;
noyob yer elementlarining 69 foizini işlab çiqaradi.

Bu materiallar kosmik sanoatning deyarli barça yönalişlarida qöllaniladi. Nodir yer elementlari sun’iy yöldoşlar uçun kuçli doimiy magnitlar işlab çiqarişda, galliy yarimötkazgiçlar va yuqori samarali quyoş panellarida, grafit raketa konstruksiyalari hamda akkumulyatorlarda, titan esa yengilligi va yuqori mustahkamligi tufayli aerokosmik texnikada keng işlatiladi.



Xitoy qayta işlaş sohasida ham ustun

Tahlilga köra, Pekinning ustunligi faqat xomaşyo qazib oliş bilan çeklanmaydi.

Xitoy noyob yer elementlari, grafit va galliy kabi minerallarni qayta işlaş hamda rafinadlaş böyiça ham jahonda yetakçi hisoblanadi.

Bu esa şunga olib kelmoqdaki, hatto xomaşyo boşqa davlatlarda qazib olingan taqdirda ham uni yuqori qöşimça qiymatli mahsulotga aylantiriş köpinça Xitoy korxonalarida amalga oşiriladi.