Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notarius tomonidan ijro xatini yozish tartibi belgilandi
Ijro xati yozilgan kundan boshlab 3 yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin.
Foto: Getty images
Adliya vazirligi «Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi to‘g‘risida»gi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Nizomga ko‘ra, ijro xati notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali, elektron shaklda yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga ko‘ra sayyor tartibda yoziladi.
Ijro xati videokonferensaloqa orqali yozilganda, uning tasdiqlovchi yozuvida bu haqida ko‘rsatiladi hamda yozish jarayoni notarius tomonidan majburiy audio va videoda qayd etiladi.
Ijro xati quyidagi hollarda yoziladi:
- taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
- majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganda da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab 3 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lmasa.
Notarius tomonidan BHM 1000 baravarigacha bo‘lgan ayrim fuqarolik-huquqiy nizosiz talablar bo‘yicha ham ijro xati yoziladi.
Ijro xati, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yozilgan kundan boshlab 3 yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:44 / 16.02.2026
Notariuslar eskrou hisobvaraqda mablag‘ bor-yo‘qligini onlayn tekshiradi
13:14 / 12.02.2026
Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
17:20 / 31.01.2026
Yashirin iqtisodiyotga qarshi qo‘shimcha mexanizmlar joriy etilishi mumkin
08:30 / 09.01.2026